O‘zbekiston xalqaro armiyalar tanloviga taklif etildi

2016 yil 23 noyabrida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida QR mudofaa vaziri general-polkovnik Saken Jasuzakov O‘zbekiston Respublikasi Bosh shtabi Bosh boshqarmasi rahbari polkovnik Farxod Shermatovni qabul qildi. Bu haqda Qozog‘iston mudofa vazirligi saytida xabar qilingan.
Ikki tomonlama uchrashuvda, qozoq-o‘zbek harbiy va harbiy-texnik hamkorligining dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashilgan. Jasuzakov mudofaa va xavfsizlik, yangi tahdidlarga operativ javob berish, ekstremistik va terroristik faoliyatlarning yangi turlariga qarshi kurash sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligiga e'tibor qaratgan.
Bundan tashqari, QR mudofaa vazirligi rahbari maxsus harbiy bo‘linmalarning «Altyn Үkі» nomli xalqaro musobaqasi va «ArMI-2017» xalqaro armiyalar tanlovini ham xotirlab, O‘zbekiston armiyasi vakillarini ushbu musobaqalarda qatnashishga chaqirgan.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025