Putin ikki million dollar pora olgan amaldorni o‘z lavozimidan ozod etdi

Arxiv surat / "Novaya gazeta"
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy taraqqiyot vaziri lavozimidan ozod etish borasidagi qarorga imzo chekdi. Bu haqda jurnalistlarga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.
Avvalroq Moskva Basman tuman sudi ikki million dollar miqdorida pora olganlikda ayblanayotgan Aleksey Ulyukayevni tergov so‘roqlari o‘tkazish maqsadida uy qamog‘i jazosiga hukm etgan edi. U bu jazoni 2017 yilning 15 noyabrigacha o‘tashi ma'lum qilingan. Shuningdek, unga ko‘chada sayr etish, shifokor huzuriga borish kabi ishlar ham taqiqlangan.
Ulyukayev va uning vakillari bu jazo choralarini yengillashtirishni so‘rashgan. Uning advokati esa mijoziga taqalayotgan aybga dalil-isbot yo‘qligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

23:23 / 13.03.2025
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

20:02 / 13.03.2025