AQShda yuk mashinasi Hellouinni nishonlayotgan bolalarga kelib urildi

Foto: © Flickr
Yuk mashinasi va ichida Hellouinni nishonlayotgan bolalar bo‘lgan treyler ishtirokidagi YTH natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi jarohat oldi. Bu haqida mahalliy hukumat vakillarining xabariga asoslanib, NBC News ma'lum qildi.
YTH kichik Chanki shahrida sodir bo‘ldi. Yuk mashinasi ichida Hellouinni nishonlayotgan bolalar va kattalar bo‘lgan ochiq treylerga urilib ketdi. Buning natijasida ikki nafar bola va bir katta yoshli kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jarohat oldi. Jarohatlanganlarni shifoxonaga yetkazish uchun 3ta vertolyot kerak bo‘ldi.
YTH sababi ma'lum qilinmadi. Politsiya tergov ishlarini yo‘lga qo‘ydi.
Mavzuga oid

19:11
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi

17:39
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

15:45
AQShda 130 yil muqaddam cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi

11:15