Xitoy yirik aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi

Xitoy armiyasi XXR Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida keng qamrovli harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi, deya xabar qilmoqda mamlakat mudofaa vazirligi.
11-15 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etgan. Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlar chog‘ida 21 turdagi yuqori texnologiyali qurollar, xususan dronlar ham sinovdan o‘tkazilgan.
Iyul oyi oxirida Xitoy qurolli kuchlari mamlakat janubidagi Guansi-Chjuan muxtor viloyatida ham yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazgan edi.
Xitoy hukumatiga ko‘ra, Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida "Sharqiy Turkiston" terrorchi tashkiloti faoliyat ko‘rsatib keladi. U, "Al-Qoida" kabi xalqaro terrorchi tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgani xabar qilinadi.
Mavzuga oid

22:44 / 07.03.2025
Polshada barcha erkaklar harbiy yig‘inlardan o‘tishi majburiy bo‘ladi

00:25 / 02.01.2025
Gurjistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tartibi o‘zgardi

11:55 / 26.12.2024
Avstraliyada maktab bitiruvchilariga atom suvosti kemasidan ish taklif qilinmoqda

19:45 / 19.12.2024