Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga chet davlatdan pul o‘tkazmalari kiberjinoyatchilar hujumiga uchramoqda
Rossiyada ishlayotgan turmush o‘rtog‘i jo‘natgan 1200 dollarni olish uchun bankka borgan ayol “Bu pul olingan” degan javobga duch keldi. Pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan “Zolotoy korona” ilovasida jo‘natilgan mablag‘ biror bankdan emas, telefon orqali olingani ko‘rsatilmoqda.

Foto: RIA "Novosti"
O‘zbekistonga chet davlatdan pul o‘tkazmalari kiberjinoyatchilar hujumiga uchrayapti. O‘tkazma oluvchi qo‘liga yetib kelmasdan g‘oyib bo‘lib qolmoqda.
Qashqadaryolik, ayni paytda Rossiyada ishlayotgan Jamol Eshqobilov shunday vaziyatga tushdi. Kun.uz’ga murojaat yo‘llagan yigit jo‘natgan pulini boshqa shaxslar o‘zlashtirib olganini aytmoqda.
Jamol Eshqobilovga ko‘ra, u 18 iyul kuni “Zolotoy korona” ilovasi orqali turmush o‘rtog‘i nomiga 1200 AQSh dollari miqdorida pul o‘tkazmasini amalga oshirgan.
“Turmush o‘rtog‘im bankka borib, pasportini bergan va navbatda turib kuta boshlagan. Shu paytda yoshroq yigit kelib, turmush o‘rtog‘imning yonida turgan ayoldan qo‘ng‘iroq qilib olish uchun telefonini so‘ragan. Telefonimning puli yo‘q, degan javobni olgach turmush o‘rtog‘imdan iltimos qilgan. Ayolim telefonini bergan va u yigit chetroqqa o‘tib, kim bilandir gaplashgan. So‘ng telefonni qaytarib, rahmat aytib ketgan.
Birozdan so‘ng ayolimning telefoniga yashirin raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Notanish shaxs siz falonchimisiz, sizga Rossiyadan 1200 dollar pul o‘tkazmasi kelganmi, deya savol bergan. Turmush o‘rtog‘im “Siz buni qayerdan bilasiz?”, degach u odam telefonni o‘chirib qo‘ygan. Shu tariqa, ayolim navbati kelib, kassa oldiga borsa, bu pul olinganini ma’lum qilishgan”, deydi Jamol Eshqobilov.
Shundan so‘ng mobil aloqa operatori filialiga borib, qo‘ng‘iroq qilgan yashirin raqam aniqlangan va IIBga murojaat qilishgan. Hozirda holat IIB tomonidan o‘rganilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “Zolotoy korona” ilovasidan pul o‘tkazmasi amalga oshirilganda doim pul olingan bank manzili ko‘rsatilgan.
Bu safar esa ilovada pul telefon orqali olingani haqidagi ma’lumot paydo bo‘lgan.
Jamol Eshqobilovning aytishicha, oldinroq do‘sti bilan ham shu kabi holat sodir bo‘lgan. Faqat o‘tkazma summasi kichikroq bo‘lgani sababli do‘sti bu haqda huquqni muhofaza qilguvchi organlarga murojaat qilmagan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi
Jahon | 20:24
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
Mavzuga oid

20:24
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi

17:58
Rossiyaning benzin eksportiga taqiqi O‘zbekistonga ta’sir qilmasligi aytildi

15:20
Rossiya avgustdan Ukraina bilan chegaradagi 20 ta o‘tish joyini yopadi

07:44