Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Mikola Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda
2020 yildan beri Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlab kelgan Mikola Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda. «Chuqur motivatsiya va bor kuchim bilan Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shdim», – deb yozdi u.

Foto: Facebook / Mykola Doroshenko
Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda u Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
«Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy diplomatik korpus rotatsiyasi doirasida mening O‘zbekistondagi missiyamni yakunlash to‘g‘risida farmon qabul qildi. Bu mamlakatim rahbariyatiga, xalqimga bo‘lgan ishonchning eng yuqori darajasi va men buni oqlash uchun qo‘limdan kelganini qildim», – deb yozdi u.
U O‘zbekistondagi faoliyati davomida mamlakat uchun og‘ir damlarda uning manfaatlarini ifodalash va himoya qilish sharafiga muyassar bo‘lganini qayd etgan.
«Ishimga baho berish huquqini boshqalarga qoldiraman, o‘z nomimdan faqat shuni aytamanki, qilgan ishim uchun uyalmayman… Mening vazifam haqiqatni aytish, haqiqatni o‘zbek jamiyatiga yetkazish, ularga bugungi kunda Ukraina qanday yashayotganini tushuntirish edi. Umid qilamanki, mehnatim tufayli o‘zbek muhitida haqiqat urug‘lari ko‘proq unib chiqadi. Chuqur motivatsiya va bor kuchim bilan Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shdim», – dedi u.
U o‘zbekistonliklarga hamkorlik va Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Mikola Doroshenko 2020 yil aprelida Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangandi.
21 iyul kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi 16 nafar elchisini tayinladi. O‘zbekistondagi yangi elchini tayinlash to‘g‘risidagi farmon davlat rahbari saytida hozircha e’lon qilinmagan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

16:14 / 02.08.2025
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

12:49 / 02.08.2025
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56 / 02.08.2025
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

10:32 / 02.08.2025