Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harorat keskin ko‘tarilishi issiqlikdan o‘lim holatlarini uch baravar oshirishi mumkin – Jahon banki
2090 yilga borib Toshkent va Ostonada havo issiqligi tufayli yuz beradigan umumiy o‘limlar soni yiliga 10 000 dan 23 000 gacha yetishi ehtimoli mavjud.

Foto: Reuters
Jahon banki tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining (YeMO) 70 ta shahrida, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda anomal issiqning insonlar hayoti va iqtisodiyotga zararli ta’sirlari mavjudligi haqida xavotirli faktlar aniqlandi.
Xususan, Ashxobodda jazirama bilan bog‘liq o‘limlar soni barcha yosh guruhlari uchun yiliga har 100 000 kishiga 25-28 holatni tashkil etmoqda. Toshkent, Ostona, Bishkekda bu ko‘rsatkich har 100 ming kishiga 19 tadan 21 tagacha o‘lim sonidan iborat.
2090 yilga borib Markaziy Osiyoning bir qancha yirik shaharlarida, jumladan, Toshkent va Ostonada havoning issiqligi tufayli umumiy o‘lim yiliga 10 000 dan 23 000 gacha yetishi mumkin.
Yevropa va Markaziy Osiyo aholisining 70 foizdan ortig‘i istiqomat qiladigan mintaqaning yirik shaharlarida issiq kunlar soni 2050 yilga borib uch barobardan ziyodroqqa oshishi va ko‘plab shaharlarda yiliga issiq kunlar 40-70 kungacha davom etishi taxmin qilingan.
Jahon banki tadqiqotida YeMO shaharlari harorat ko‘tarilishining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun hozirdanoq amalga oshirishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar taklif etilgan. Unga ko‘ra shaharlarda yashil hududlar va soyali maydonlarni ko‘paytirish uchun daraxtlar ekish, binolarni passiv sovitish uchun modernizatsiya qilish, aholini erta ogohlantirish tizimlarini yaratish va sog‘liqni saqlash tizimlari faoliyatini yaxshilash, “sovitish” markazlari tashkil etish, qurilishda issiqlikka chidamli materiallardan foydalanish, shuningdek, shahar infratuzilmasini rejalashtirishda ob-havo anomaliyalarini hisobga olish kabi ishlar yo‘lga qo‘yilishi kerak.
Qo‘shimcha ma’lumot o‘rnida, 2023 yilda YeMO mintaqasida havo haroratining ko‘tarilishi 87 000 dan ortiq to‘liq bandlik ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib keldi. Ulardan 22 mingdan ortig‘i O‘zbekistonda va 18 mingga yaqini Ozarboyjonda.
2050 yilga borib YeMO mintaqaning to‘qqizta shahri, shu jumladan, Ashxobodda issiqlik tufayli yillik iqtisodiy yo‘qotishlar yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan oshishi mumkin.
Qirg‘izistonda ekstremal harorat har yili 200 kmga yaqin yo‘llarning shikastlanishiga olib keladi, bu esa ta’mirlash uchun katta xarajatlarni keltirib chiqaradi va transport infratuzilmasiga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatni izdan chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirayotgan shaxslar faoliyatini aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkaziladi
Jamiyat | 10:54
-
2025 yil moda ranglari - tabiat, hissiyot va jasorat uyg‘unligida
Ayollar dunyosi | 10:43
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
-
«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxi arzonlashtirilgani haqida xabar berdi
Iqtisodiyot | 10:30
Mavzuga oid

17:26 / 25.07.2025
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari

11:32 / 18.03.2025
Markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 50 foizdan oshiriladi

15:27 / 05.01.2025
Rossiyaning Moldova bilan gaz urushi: Dnestrbo‘yida isitish yo‘q, yuzlab korxonalar yopilib, minglab kishilar ishsiz qoldi

16:36 / 30.12.2024