Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX 22 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
Tezkor tadbirlarda bir qancha shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Foto: DXX
Surxondaryo viloyati, Denov tumanida 9 kg gashish giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, muqaddam sudlangan, 38 yoshli shaxsga ushbu giyohvandlik vositasi kelgusida sotish maqsadida tojikistonlik narkokurerlar tomonidan yetkazib berilgan.
Shuningdek, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1994 va 1988 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaroning transport vositasi tekshirilganda 5 kg 862 gr gashish borligi ma’lum bo‘ldi. Tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan bu giyohvandlik vositasini har bir kg uchun 89 mln so‘m bermoqchi bo‘lgan shaxs ham qo‘lga olindi. Bundan tashqari, ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirgan jinoiy guruh yetakchisi, So‘x tumanida yashovchi shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.
Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan shaxs 3 kg 950 gr gashish moddasini xaridorga 38 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan muqaddam Qirg‘izistondan keltirilgan 868 gr gashish moddasi ham olindi.
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalliy fuqaro va uning sherigi Tojikistondan keltirilgan 1 kg 962 gr opiy moddasini xaridorga 200 mln so‘mga sotgan vaqtida DXX tomonidan qo‘lga olindi.
Sirdaryo viloyatida muqaddam sudlangan ikki nafar fuqaro Tojikistondan keltirilgan 943 gr opiy moddasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida DXX tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 22 kg 585 gr giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Hozir barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24
-
Frontdagi vaziyat: Pokrovsk shturm qilinmoqda, Rossiya butun Donbassni egallamoqchi
Jahon | 22:07
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
Mavzuga oid

12:59 / 31.07.2025
DXX: Toshkentda sifatsiz dori vositalari to‘xtatib qolindi

10:14 / 29.07.2025
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

13:27 / 23.07.2025