Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyevning Ukrainaga iltifotidan keyin Z-kanallar Ozarboyjon bilan urushga tayyorlanishga chaqira boshladi
Aliyev Ukrainani taslim bo‘lmaslikka chaqirgani va ukrainalik jurnalistdan Ukraina qurolli kuchlari brigadalari shevronlarini qabul qilib olgani rus propagandasi tomonidan keskin qarshi olindi.

Foto: Videodan kadr
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev yana bir bor Ukrainani qo‘llab-quvvatladi.
Shushadagi mediaforumda Aliyev ukrainalik jurnalist tomonidan berilgan noodatiy sovg‘ani qabul qilib oldi. Bu Ukraina qurolli kuchlarining jangovar brigadalari shevronlari joylashtirilgan kichik stend edi. Jurnalist bu sovg‘a «Ukrainaning eng qimmatbaho narsasi» ekanini aytdi. Bunga javoban Aliyev minnatdorchilik bildirdi va «shu ruhda davom etish»ga chaqirdi.
«Sizga katta rahmat. Qilayotgan ishlaringiz uchun rahmat. Shunday davom eting», – degan Ozarboyjon prezidenti.
Avvalroq Aliyevdan ukrainalik bloger Dmitriy Gordon «g‘olib millat rahbari sifatida Ukraina va ukrainlarga qanday maslahatlar bera olishi»ni so‘ragandi. Ozarboyjon prezidenti «hech qachon taslim bo‘lmaslik va hech qachon hududiy yaxlitligi buzilishini tan olmaslik» kerakligini aytgandi. U Armanistondan Qorabog‘ni qaytarib olgan Ozarboyjonni misol qilib keltirgan, Ozarbojon BMT Xavfsizlik kengashi qarorini kutmasdan, vaziyatni o‘z qo‘liga olib, hudud ustidan nazoratini tiklagani haqida gapirgandi.
«Hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmang – bu asosiy maslahat. Biz ham shunday qildik», – degandi Aliyev.
U shu chiqishi davomida Boku Azerbaijan Airlines samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro sudlarga murojaat qilish uchun hujjatlarni tayyorlayotganini ham aytib o‘tdi.
Z-kanallarning fig‘oni falakka chiqdi
Rossiyadagi harbiy mavzuga ixtisoslashgan telegram-kanallar esa Ilhom Aliyevning bu bayonotlarini og‘riqli qabul qilishdi va Boku «Ukraina izidan ketayotgani», Ozarboyjon bilan mojaro «muqarrarligi» haqida yoza boshlashdi.
Qator Z-kanallar Ozarboyjon bilan ehimoliy urushga tayyorlanishga chaqirmoqda. Harbiylashgan blogerlardan biri Aleksey Jivov (113 ming obunachasi bor) Ozarboyjon prezidentining so‘zlarini «ochiqchasiga dushmanlik» deb atadi va «Kaspiy tez orada yana bir harbiy harakatlar teatriga aylanishi mumkinligi» haqida yozdi.
«Zapiski Veterana» (321 ming obunchasi bor) kanali «Boku shiddat bilan NATO filialiga aylanayotgani va ongli ravishda Ukraina izidan ketayotgani»ni yozdi. Kanal mualliflari Ozarboyjonning xalqaro koordinata tizimiga o‘tishini (Aliyevning tegishli farmoni shanba kuni imzolangan) geosiyosiy og‘ish deb baholadi va bunda «Ozarboyjonning Rossiya bilan urushga tayyorlanayotgani haqidagi yashirin signal»ni ko‘rishdi.
«WarGonzo» kanali (898 ming obunachisi bor) muallifi Semyon Pegov Boku bilan mojaro «muqararligi»ni bildirdi. «Ozarboyjon ochiqchasiga rusofob pozitsiyasini tanladi. Va biz bu mojaroga qancha erta tayyorlanishni boshlasak, shuncha yaxshi bo‘ladi», – degan Pegov.
Yana bir Z-bloger Yuriy Podolyak (3,1 mln obunachi) Aliyev «eskalatsiya liniyasini tanlagani» va uni faqat «kuch bilan to‘xtatish mumkin»ligini ta’kidladi. «Ozarboyjon davlati bugungi kunda Rossiya uchun nafaqat nodo‘st davlat, balki geosiyosiy dushman hamdir», – deb yozadi Podolyak. Urush tarafdori bo‘lgan bloger Rossiya Tashqi ishlar vazirligini «chetga chiqib, kartalarni dastlab mamlakat Ichki ishlar vazirligiga, keyin esa, agar kerak bo‘lsa, Mudofaa vazirligiga berish»ga chaqirdi.
«Pozdnyakov 3.0» telegram-kanali (188 ming obunachisi bor) shunday chaqiriq aks etgan post joyladi: «Boku markaziga „Oreshnik“».
Shu bilan birga, ayrim kanallar vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Masalan, «Arxangel spetsnaza» (1,1 mln obunachisi bor) munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytdi, «Dva-mayora» (1,2 mln obunachisi bor) esa Ozarboyjondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importni to‘xtatishni taklif qildi. «Chegaradagi pomidor tashuvchi yuk mashinalari issiqdan sasishni boshlasin va bu hidni Bokuda eshitishsin», – deb yozdi kanal mualliflari.
Munosabatlar yomonlashishi
2024 yil 25 dekabrda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Embraer 190 rusumli samolyoti Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida qulab tushgandi. Aviahalokat oqibatida 38 kishi qurbon bo‘lgan. Halokatning dastlabki tekshiruvi u Grozniy shahri osmonida ekanida Rossiya raketasi zarbasiga uchraganini ko‘rsatgandi. O‘shanda Checheniston poytaxtiga ukrain dronlari hujumini qaytarish bo‘yicha amaliyot o‘tkazilayotgandi.
Halokatdan keyin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyadan aybdorlarni jazolash va aybga iqror bo‘lishni talab qildi. Moskva bu talablarni bajarmadi.
Rossiya va Ozarboyjon munosabatlarida navbatdagi inqiroz 2025 yil 27 iyun kuni Yekaterinburgdagi reyd chog‘ida ikki ozarboyjonlik vafot etishi ortidan yuzaga keldi.
Moskva kuchishlatar tuzilmalarning reyd vaqtida harakatlari qonun doirasida bo‘lganini da’vo qilgan. Boku esa Moskva Yekaterinburgdagi reyd noqonuniy bo‘lganini tan olish hamda Ziyaddin va Husayn Safarovning o‘limini tekshirishni talab qilmoqda. Ozarboyjonda ham Rossiyaning 13 fuqarosi qo‘lga olingan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

15:45 / 22.07.2025
Aliyevning gaplari: Boku – Moskva nizosi yangi bosqichdami?

13:11 / 22.07.2025
«Ozarboyjonda ruslarni hurmat qilishlari biz uchun juda muhim». Peskov – Moskva va Boku munosabatlaridagi inqiroz haqida

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

20:19 / 20.07.2025