Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Inshoot hozir dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasi bo‘lgan «Uch dara» to‘g‘onidan uch baravar ko‘proq energiya ishlab chiqara oladi.

Foto: Xinhua
Xitoy Davlat kengashi raisi Li Tsyan gidroenergetika sohasidagi eng yirik loyiha qurilishi boshlanganini e’lon qildi. Tibet hududidan oqib o‘tuvchi Yarlung Tsangpo daryosida beshta kaskadli GES quriladi. Ularning qurilishiga taxminan 167 milliard dollar sarflash rejalashtirilgan, deb yozdi China Daily.
Stansiyalarni qurish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan China Yajiang Group kompaniyasi shug‘ullanadi. Inshootlar yiliga 300 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Tibetni energiya bilan ta’minlaydi, shuningdek, mintaqa tashqarisiga ham yetkazib beriladi.
BBC nashrining ta’kidlashicha, inshoot hozir dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasi bo‘lgan Xitoyning «Uch dara» to‘g‘onidan uch baravar ko‘proq energiya ishlab chiqara oladi.
Xitoyning janubiy Tibetda yangi GES qurish rejalari qo‘shni mamlakatlar tomonidan bahsli hudud ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish va yangi iqtisodiy bosim vositalarini qo‘lga kiritishga urinish sifatida qabul qilinmoqda.
Jumladan, Hindiston va Bangladesh rasmiylari yangi GES qurilishidan xavotir bildirmoqda: inshootlar mahalliy ekologiyaga va Yarlung Tsangpo daryosi holatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, ularning fikricha, GES suv toshqinlarini keltirib chiqarishi yoki quyi oqimda suv tanqisligiga olib kelishi mumkin.
Ekspertlar, shuningdek, shunchalik tor va chuqur darada damba qurilishi ko‘plab yer qimirlashlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qiladi. Yer qimirlashi va zilzilalar to‘g‘onning o‘zi uchun juda xavfli. Uning vayron bo‘lishi katta falokat va ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi
Jahon | 13:58
-
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 13:45
-
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 13:32
Mavzuga oid

09:54
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi

07:31
YeI-Xitoy sammiti: Bryussel Pekinni Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

07:28
Reuters: Xitoy Rossiyaga dronlar uchun dvigatellar yetkazib berishda davom etmoqda

14:26 / 25.07.2025