Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharqiy Qozog‘istondan O‘zbekiston shaharlariga sayyohlik poyezdi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Sharqiy Qozog‘iston viloyatining O‘skemen shahrida O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

Foto: Dunyo
Tadbirda so‘zga chiqqan mamlakat elchisi Baxtiyor Ibragimov turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning strategik ahamiyatini hamda ikki mamlakat fuqarolarining sayohatlarga bo‘lgan o‘zaro qiziqishi va umumiy madaniy merosni o‘rganishga intilishi tobora ortib borayotganini ta’kidladi.
Sharqiy Qozog‘iston viloyati turizm va tashqi aloqalar boshqarmasi rahbari Yerjan Sembinov o‘z navbatida, Qozog‘iston-O‘zbekiston turizm sohasidagi hamkorligining faol dinamikasini qayd etish barobarida, o‘zaro sayohat tartiblarini soddalashtirish va turistik almashinuvlarni ko‘paytirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarning muhimligiga urg‘u berdi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Rasul Zarikeyev anjumanda onlayn formatda ishtirok etib, Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi. U madaniy-ma’rifiy, gastronomik, ekologik va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish, hamda O‘zbekiston Hukumati tomonidan turizm infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.
Tadbir davomida transport imkoniyatlari masalalariga, shu jumladan O‘zbekistonning turistik yo‘nalishlari va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasidagi reyslar sonini oshirish rejalariga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga 15 iyuldan boshlab FlyArystan aviakompaniyasi tomonidan Atirau – Toshkent – Atirau yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lum qilindi.
O‘zbekistonning tibbiyot turizmi imkoniyatlari haqidagi muhim ma’lumotlar Qozog‘iston tomonida alohida qiziqish uyg‘otdi. Qozog‘iston turoperatorlari ushbu sohada hamkorlikni kengaytirishga katta qiziqish bildirdi.
Shuningdek, ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, qo‘shma turistik marshrutlar va madaniy dasturlarni ishlab chiqish hamda O‘skemen shahridan O‘zbekiston shaharlariga "Jibek joli" sayyohlik poyezdini ishga tushirish tashabbuslari ilgari surildi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

18:33 / 31.07.2025
Qozog‘istondagi ikkinchi va uchinchi AES Xitoy tomonidan quriladi

15:17 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi

15:35 / 23.07.2025
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

15:24 / 22.07.2025