Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya dumasi ekstremistik materiallarni qidirganlik uchun jarima tayyorlamoqda
O‘zgartirishlar «ekstremistik materiallarni qidirish va ularga kirish huquqini qo‘lga kiritish» uchun 5000 rublgacha jarimani nazarda tutadi.

Foto: Sergei Fadeichev/dpa/TASS/picture alliance
Rossiya Davlat dumasi deputatlari «ekstremistik materiallarni qidirish va ular bilan tanishganlik» uchun 5 ming rublgacha jarima solishni nazarda tutuvchi tuzatishni ma’qulladi, deb xabar berdi TASS agentligi.
O‘zgartish mualliflari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga «Ekstremistik materiallarni qidirish va ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish, shu jumladan kirishi cheklangan axborot resurslariga, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlariga kirish uchun dasturiy va texnik vositalardan foydalanish» nomli 13.53-moddani qo‘shishni taklif qilgan.
«Ekstremistik materiallarni qasddan qidirish» uchun uch mingdan besh ming rublgacha ma’muriy jarima solish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, VPN xizmatlarini reklama qilish uchun 500 ming rublgacha jarima solishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritiladi. Davlat dumasi, shuningdek, VPN xizmatlaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishni og‘irlashtiruvchi holat sifatida tan oladigan tuzatishni ham qabul qildi.
Kreml tashabbusning mohiyatini izohlashdan bosh tortdi va deputatlarni uni batafsilroq tushuntirishga chaqirdi. Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu taklif bilan tanish emasligini aytdi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

18:16
AQSh vitse-prezidenti: “Ukrainaning urushini moliyalashtirishdan charchadik”

16:35
“Katta umidlar yo‘q” - siyosatshunoslar Tramp va Putin uchrashuvi haqida

13:10
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

11:51