Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 3500 nafar ona farzandlariga aliment to‘lab kelmoqda - MIB
O‘zbekistonda 3500 nafar ayol farzandini ta’minlash uchun aliment to‘lash majburiyatini olgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovga ko‘ra, 2018 yilda aliment va moddiy ta’minot undiruvlari bo‘yicha jami 240 mingta ijro hujjati mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilning 1-yarim yilligi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 348 mingtani tashkil etib, keyingi 7 yil davomida ish yurituvdagi aliment bo‘yicha hujjatlar 45 foizga o‘sgan. Shundan 3500 nafar onadan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari qayd etilgan.
Ayollar tomonidan aliment to‘lanishi holatlari bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlardan Farg‘ona, Surxondaryo va Andijon viloyatlari joy olgan.
Ma’lumot uchun, odatda aliment to‘lash majburiyati erkaklar zimmasida bo‘ladi. Biroq sud qarorlari asosida bolalarning vasiyligi otalariga berilganda, ba’zi holatlarda ona aliment to‘lovchisi sifatida qayd etiladi.
MIBning ta’kidlashicha, onalar tomonidan aliment to‘lash holatlari kam uchrasa-da, oxirgi yillarda aliment to‘lovchilar soni ko‘payishi bilan birga bunday holatlar soni ham ortib bormoqda. Byuro bola huquqlarini ta’minlash maqsadida har ikki tomonning teng javobgarligini ta’minlashga harakat qilmoqda.
“Bugungi kunda, Byuro organlari ish yurituvida 348 mingdan ortiq aliment va moddiy ta’minot undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, har bir davlat ijrochisiga oyiga o‘rtacha 147 tadan shu toifadagi ijro hujjatlari to‘g‘ri kelmoqda”, - deyiladi MIB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda respublika bo‘yicha 3 mingdan ortiq ayol aliment to‘lovchi hisoblangan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

20:20 / 27.05.2025