Jahon | 10:06 / 19.07.2025
1120
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya va Buyuk Britaniya strategik shartnoma imzoladi

Berlin va London o‘rtasida do‘stlik va ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida strategik shartnoma imzolandi. Hujjatni Londonda kansler Fridrix Mers va bosh vazir Kir Starmer imzoladi.

Foto: Getty images

Germaniya va Buyuk Britaniya o‘rtasida do‘stlik va ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi strategik shartnoma imzolandi — Ikkinchi jahon urushi tugaganidan 80 yil o‘tib. Londonda Germaniya kansleri Fridrix Mers va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer shartnomani imzoladi.

«Biz mudofaa, tashqi siyosat, shuningdek, iqtisodiy va ichki sohalarda yaqinroq hamkorlik qilishni istaymiz», — dedi Mers.

O‘tgan hafta Starmer Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Reuters xabar qilganidek, yaqinlashuv London, Berlin va Parij o‘rtasida tashqi siyosat va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning norasmiy mexanizmi bo‘lmish E3 doirasida ham yuzaga kelgan.

Politico avvalroq ta’kidlaganidek, Germaniya shu tariqa har ikkala yadroviy davlatning yordamiga tayanishi mumkin, bu esa Qo‘shma Shtatlarga umid qilmagan holda Yevropaning tiyib turuvchi salohiyatini mustahkamlaydi.

Qolaversa, NATOning shimoliy va sharqiy qanotlarida jilovlash va mudofaa kuchaytirilishi kerak. Qurol-yarog‘ sohasida hamkorlikning kuchayishi kutilmoqda. Berlin va London may oyida 2000 kilometr masofaga uchadigan raketalar ustida hamkorlik qilish istagini e’lon qilgan edi.

Mavzuga oid