Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers AQShga Trampning tariflariga qat’iy javob bilan tahdid qildi
AQSh Yevropa Ittifoqining Trampning «haddan tashqari yuqori» savdo tariflariga xuddi shunday javob berishga tayyorligini past baholamasligi kerak, dedi Germaniya kansleri. Yevropa Ittifoqi Amerika samolyotlari va avtomobillariga yuqori tariflar joriy qilishi mumkin.

Foto: Federico Gambarini/dpa/picture alliance
Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSh va Yevropa Ittifoqi savdo urushi avj olgan taqdirda Vashingtonga qat’iy javob berishga va’da berdi. Germaniya hukumati rahbari Tsugshpits tog‘ida Bavariya federal yeri vazirlar mahkamasi bilan uchrashuvdan so‘ng: «Amerika hukumati haddan tashqari yuqori tariflarga o‘xshash choralar bilan javob berishga tayyorligimizni past baholamasligi kerak», dedi.
Yevropa Ittifoqi bunga «tayyor», ammo mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal etishga umid qilishda davom etmoqda, deya ta’kidladi Mers. Unga ko‘ra, Germaniya kansleri shu maqsadda AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan doimiy aloqada. «Bizning maqsadimiz Qo‘shma Shtatlar bilan savdoni osonlashtiradigan va tariflarni yana pasaytirishga imkon beradigan yechimga tezda erishish edi va shunday bo‘lib qoladi», dedi Mers. «Endi iyul oyining oxirigacha muzokaralar olib borishimiz kerak».
Mersning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda u Yevropa Ittifoqi Trampning 12 iyuldagi xabarnomasidan so‘ng darhol javob tariqasidagi yuqori tariflarni joriy qilmasligini ta’minlash ustida ishlagan. «Aks holda, bu kecha avtomatik tarzda sodir bo‘lishi mumkin edi», dedi Germaniya kansleri.
12 iyul kuni AQSh prezidenti Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik bojlar joriy etish niyatida ekanligini ma’lum qildi – bu haqdagi bildirishnoma Yevropa komissiyasi rahbari fon der Lyayyenga yo‘llangan. Tramp o‘z qarorini YeI va Vashington o‘rtasidagi «jiddiy savdo nomutanosibligi» bilan izohladi va agar Yevropa Ittifoqi Amerika tovarlari importiga bojlarni oshirish orqali javob berishga qaror qilsa, Vashingtondan simmetrik javob kelishi bilan tahdid qildi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 13:02
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
Mavzuga oid

09:26
G‘azoga gumanitar yordam: Mers Netanyahudan yangi qadamlar talab qildi

14:08 / 28.07.2025
Mers YeI va AQSh savdo bitimini olqishladi

07:36 / 28.07.2025
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

21:49 / 27.07.2025