Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI AQShga qarshi 72 mlrd yevrolik javob bojlarini tayyorladi
Yevropa Ittifoqi rasmiylari Donald Trampning tahdidlariga javoban AQSh tovarlariga 72 milliard yevrolik bojlar tayyorladi. Bryussel Vashington bilan muzokaralarga ochiq, biroq «barcha vositalar stolda saqlanib qolayotganini» qayd etdi.

Marosh Shefchovich Foto: DW/A. M. Pędziwol
YeI rasmiylari AQShning shunga o‘xshash harakatlariga javoban bojlar undiriladigan 72 milliard yevrolik AQSh tovarlari ro‘yxatini tayyorladi. Bu haqda 14 iyul, dushanba kuni Yevropa Ittifoqining savdo bo‘yicha komissari Marosh Shefchovich ma’lum qildi.
«Bugun Yevrokomissiya a’zo davlatlarga AQShdan import qilinadigan tovarlarning ikkinchi ro‘yxati bo‘yicha umumiy qiymati taxminan 72 milliard yevro bo‘lgan taklifni taqdim etadi. Endi ular buni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi», — deya rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi YeK saytida.
«Bu bizning barcha vositalarimiz emas, barchasi stolda saqlanib qoladi», deb qo‘shimcha qildi Shefchovich. U gap qaysi tovarlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga, unga ko‘ra, Bryussel Vashington bilan muzokaralar uchun ochiq. «Bizning transatlantik munosabatlarimiz muzokaralar yo‘li bilan yechim topishga loyiq», — dedi Yevropa komissari.
12 iyul kuni Donald Tramp 1 avgustdan Yevroittifoqdan yetkazib beriladigan tovarlarga 30 foizlik bojxona to‘lovlarini joriy etish niyatida ekanini ma’lum qildi. U buni Bryussel va Vashington o‘rtasidagi «eng jiddiy savdo defitsitlaridan biri» bilan izohladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
-
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak
Jahon | 15:12
-
Sheremetevoda yana kollaps yuzaga keldi. 50 ga yaqin reys bekor qilingan
Jahon | 14:52
-
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi
Ta’lim | 14:48
Mavzuga oid

14:08
Mers YeI va AQSh savdo bitimini olqishladi

07:36
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

18:30 / 27.07.2025