Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada badaviylar va druzlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
As-Suvayda viloyatida yuz bergan janglarda shahar minomyotlardan o‘qqa tutilgani, o‘nlab odamlar yaralangani, ko‘chalar huvillab qolgani, shifoxonalar «o‘nlab yaradorlar» bilan to‘lgani ta’kidlanmoqda.

Foto: ANF
Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida sunniy badaviy qabilalari va druz jangarilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 89 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Livanning Naharnet nashriga tayanib The Insider.
Janglar ikki kundan beri davom etmoqda. Halok bo‘lganlar orasida 46 druz, 4 nafar tinch aholi, 18 nafar badaviy jangari va harbiy kiyimdagi 7 nafar noma’lum kishi bor.
Mojaro 13 iyul kuni badaviy qurolli guruhlari Damashqqa olib boruvchi yo‘lda sabzavot sotuvchi druzni o‘g‘irlab ketganidan boshlangan. Shundan keyin, druzlar javob tariqasida boshqa badaviyni o‘g‘irlagan. Garchi garovga olinganlar keyinroq qo‘yib yuborilgan bo‘lsa-da, 14 iyul kuni As-Suvayda shahri tashqarisida janglar davom etgan. Uylar minomyotlardan o‘qqa tutilgan, o‘nlab odamlar yaralangan. Suvayda ko‘chalari huvillab qolgan, viloyat g‘arbiy qismidagi to‘qnashuvlar va qishloqlarning o‘qqa tutilishi oqibatida shifoxonalar «o‘nlab yaradorlar» bilan to‘lgan.
Mojaroning kuchayishiga javoban, Isroil kuchlari Suriyadagi druzlar aholisini himoya qilish niyatini e’lon qilib, Suvaydada «bir nechta tanklarga» zarba bergan. Mamlakatda 152 mingga yaqin druz, jumladan Isroil tomonidan bosib olingan Jo‘lan tepaliklarida 24 mingga yaqin druz yashaydi.
Suriya harbiylari va ichki ishlar vazirligi hududga qo‘shinlar kiritilgani, tinch aholi uchun xavfsiz yo‘laklar yaratilgani haqida e’lon qildi va janglarni «tez va qat’iy» yakunlashga va’da berdi.
Ichki ishlar vaziri Anas Xattob shunday dedi: «Davlat, harbiy va xavfsizlik institutlarining yo‘qligi Suvaydada davom etayotgan keskinlikning asosiy sababidir».
2025 yil mart oyida alaviylarga qarshi zo‘ravonlikning kuchayishi va 1700 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan va druzlar mahallalariga uyushtirilgan hujumlar 14 yillik fuqarolar urushi davom etayotgan mamlakatda yangi Suriya hukumatining ozchiliklarni himoya qilish qobiliyatiga jamoatchilikning ishonchini pasaytirdi.
Shu yil mart oyida Suriyaning yangi hukumati kuchlari sobiq prezident Bashar Asad rejimiga oid diniy ozchilik – alaviylarni ommaviy qirg‘in qilgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Nyu-Yorkda otishma, besh kishi halok bo‘ldi
Jahon | 10:08
-
Andijonda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasidagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
Jamiyat | 09:58
-
G‘azo hukumati: Isroil ocharchilikni kuchaytirmoqda
Jahon | 09:54
Mavzuga oid

13:12 / 28.07.2025
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

09:09 / 23.07.2025
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi

14:30 / 19.07.2025