Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari 13 yilga qamaldi
U juda katta miqdorda talon-toroj qilish holati bo‘yicha aybdor deb topildi.

Foto: RIA Novosti
Moskva shahar sudi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning sobiq o‘rinbosari Timur Ivanovni 13 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi.
U ikkita talon-torojlikda: 2015 yilda Qrimda parom sotib olish uchun 216,6 million rublni va «Interkommers» bankiga tegishli 3,92 milliard rublni o‘marishda, shuningdek, pul yuvishda aybdor deb topildi. Ikkinchi ayblanuvchi, «Oboronlogistika» AJ sobiq rahbari Anton Filatov shu kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun 12 yilu 6 oyga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qilindi.
Ayblov tomoniga ko‘ra, ikkala jinoyat ham 2015 yilda, Timur Ivanov Mudofaa vazirligiga qarashli «Oboronstroy» AJ bosh direktori lavozimida ishlagan va Anton Filatov uning shu’ba korxonasi «Oboronlogistika» MChJ direktori lavozimida ishlaganida sodir etilgan. Ular yolg‘iz emas, balki uyushgan guruhning bir qismi sifatida harakat qilgan. Ularning sherigi deb taxmin qilingan uch nafar shaxs xorijga qochib ketgan.
Birinchi epizod Gretsiyadan ikkita parom kemasini jami 12,4 million yevroga sotib olish bilan bog‘liq. Ayblov tomoni davlat ajratgan mablag‘ va kemalarga sarflangan mablag‘ o‘rtasidagi farq o‘g‘irlangan deb hisoblamoqda. Ayblov tomoniga ko‘ra, pullar ayblanuvchilar nazoratidagi kompaniyalarning bank hisob raqamlariga, xususan, maslahat xizmatlari uchun haq to‘lash niqobi ostida o‘tkazilgan.
Ikkinchi epizod «Interkommers» bankidan turli xil soxta shartnomalar bo‘yicha 3,9 milliard rubl o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq. Bunda pul mablag‘lari 2015 yil yanvar oyida soxta valuta oldi-sotdi shartnomalari asosida bankdan chiqib ketgan va turli yuridik shaxslarga asbob-uskunalar, qurilish materiallari va hokazolarni sotib olish niqobi ostida chet elga o‘tkazilgan.
Mart oyi oxirida boshlangan sud jarayonida sudlanuvchilar barcha ayblovlarni rad etdi. Ishda davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjudligi sababli sud yopiq tarzda o‘tkazildi.
Tomonlar bahsida prokuratura Ivanovni 14 yilu 6 oyga, Filatovni esa mol-mulkini musodara qilgan holda 14 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi. Advokatlar ayblanuvchilarni oqlashni so‘radi.
Natijada Moskva shahar sudi Timur Ivanovni 13 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi va 100 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Sud qarori bilan u davlat mukofotlaridan mahrum qilindi. Sud sobiq vazir o‘rinbosarining qo‘l ostidagi xodimi Anton Filatovni 12 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Filatov 25 million rubl jarimaga tortildi. Sud, shuningdek, Ivanov va Filatovdan jabrlangan tomonlarning da’volari bo‘yicha 4 milliard rubldan ortiq mablag‘ undirdi. Advokatlar hukm ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

18:16 / 11.08.2025
AQSh vitse-prezidenti: “Ukrainaning urushini moliyalashtirishdan charchadik”

16:35 / 11.08.2025
“Katta umidlar yo‘q” - siyosatshunoslar Tramp va Putin uchrashuvi haqida

13:10 / 11.08.2025
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

11:51 / 11.08.2025