Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senator Grem: Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi
Donald Tramp Ukrainadagi urushga qaramay, Rossiya bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga nisbatan 500 foizlik bojlar joriy etilishi tarafdori, deydi senator Lindsi Grem. May oyida AQSh prezidenti Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etishdan bosh tortgan edi.

Foto: Videodan kadr
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushga qaramay, Rossiya bilan savdo qiluvchi davlatlarga nisbatan 500 foizlik bojlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda 30 iyun, yakshanba kuni qonun loyihasi hammuallifi, respublikachi senator Lindsi Grem Amerikaning ABC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Kecha birinchi marta, biz golf o‘ynaganimizda, prezident menga bu qonun loyihasini oldinga siljitish vaqti kelganini aytdi», dedi Grem. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatni ko‘rib chiqish «iyuldagi tanaffusdan so‘ng», ya’ni AQSh Mustaqillik kunini nishonlashdan keyin boshlanadi. Kongress ishini 7 iyulda davom ettirishi rejalashtirilgan.
"Agar siz Rossiyadan tovarlar sotib olib, Ukrainaga yordam bermasangiz, AQShga ketadigan tovarlaringizga 500 foizlik bojlar qo‘yiladi. Hindiston va Xitoy Putin neftining 70 foizini sotib olib, uning jangovar mashinasini qo‘llab-quvvatlaydi. Mening qonun loyihamni 84 senator qo‘llab-quvvatladi. Bu prezidentga Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkonini beradi", — dedi Grem.
Uning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi Trampga «hozir unda yo‘q vosita» beradi. Senator prezident qonun loyihasini imzolaydimi yoki yo‘qmi degan to‘g‘ridan to‘g‘ri savolga javob berishdan qochdi va «u yaxshi holatda», deb javob berdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

23:17 / 09.07.2025
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”

16:48 / 09.07.2025
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

16:33 / 09.07.2025
Yevropa sudi Rossiyani MH17 samolyoti halokatida aybdor deb topdi

15:26 / 09.07.2025