O‘zbekiston | 12:40 / 30.06.2025
1405
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Germaniyada ishga joylashtiriladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev Germaniyaning yetakchi tibbiyot muassasasi - Berlin shahridagi "Sharite" universitet klinikasi direktori o‘rinbosari doktor Yoaxim Zeybold boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: "Dunyo" AA

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xususan, O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini, ayniqsa malakali hamshiralarni Germaniyaga ishga joylashtirish imkoniyatlari, ta’lim va ilmiy almashinuv yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

"Sharite" universitet klinikasi 1710 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Germaniya va Yevropa miqyosida eng nufuzli tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. U 4 ta kampus, 100 dan ortiq klinik va ilmiy bo‘limlarni qamrab olgan. 18 700 nafar xodim, shu jumladan 5 000 nafar shifokor va tadqiqotchi faoliyat yuritadi. Yiliga 800 000 nafar bemorga xizmat ko‘rsatiladi.

Newsweek reytingiga ko‘ra Yevropa bo‘yicha eng yaxshi 10 klinika qatoriga kiradi, Focus Gesundheit nashriga ko‘ra esa Germaniyada 1-o‘rinni egallab kelmoqda. Shu bilan birga, 60 dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik qilmoqda va xorijiy tibbiyot mutaxassislarini jalb qilish bo‘yicha katta tajribaga ega.

Mavzuga oid