Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo va Buxorodagi quyosh stansiyalari: Energy China loyihalariga 1 yil to‘ldi
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida amalga oshirilgan yirik quyosh elektr stansiyalari faoliyatiga 1 yil to‘lishi munosabati bilan Energy China Overseas Investment Company Toshkentdagi filialida rasmiy matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbir davomida kompaniyaning O‘zbekistondagi yashil energiya sohasidagi yutuqlari, ta’siri va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.

Foto: Energy China
Aleks Vang, Energy China Overseas Investment Company korxonasining O‘zbekistondagi vakili sifatida, kompaniyaning energetika va infratuzilma sohasidagi global rolini taqdim qildi. U Energy China Groupni dunyodagi yetakchi injiniring va loyiha ishlab chiquvchi kompaniyalardan biri sifatida tanishtirdi, bugungi kunda kompaniya dunyo bo‘ylab 147 mamlakat va hududda 269 ta filialga ega ekani va O‘zbekistondagi faoliyati 2014 yilda boshlangani, investitsiya faoliyati esa 2019 yilda yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.
Quvvati 500 megavatt bo‘lgan ushbu ikki quyosh elektr stansiyasi nafaqat O‘zbekistondagi eng yirik, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Ushbu loyihalar orqali kompaniya 2 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritdi. Shuningdek, O‘zbekistonda va mintaqadagi ilk elektr tarmog‘iga ulangan akkumulyatorli energiya saqlash tizimi (BESS) loyihasi ham amalga oshirildi. Bularning barchasi 2030 yilgacha yashil energiyaga o‘tish bo‘yicha muhtaram prezident va Energetika vazirligi rahbarligidagi milliy maqsadlarga to‘liq mos keladi.
Tadbirda amalga oshirilgan ishlarning natijalari bilan birga, kompaniyaning lokalizatsiya (maxalliylashtirish) sa’y-harakatlari — jumladan, ESG strategiyasi, oliy ta’lim muassasalari va mahalliy jamoalar bilan hamkorlik ham alohida qayd etildi. Shuningdek, kompaniya infratuzilma, raqamli texnologiyalar, aqlli shaharlar va Davlat-xususiy sheriklik (PPP) doirasidagi yangi yo‘nalishlarga — xususan, Yangi Toshkent shahri loyihasiga qiziqish bildirmoqda.
Tadbir yaqinda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Xitoy – Markaziy Osiyo Sammitidan so‘ng tashkil etildi va bu ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik, shuningdek, Energy China kompaniyasining O‘zbekistondagi barqaror rivojlanish va xorijiy investitsiyalar uchun o‘z hissasini yanada oshirishga tayyor ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
-
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 16:42