Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainadagi eng yirik litiy konlaridan birini egalladi – OAV
Shevchenko qishlog‘i yaqinidagi kon 1982 yilda topilgan va 40 gektarga yaqin maydonni egallaydi.

Foto: AP
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Shevchenko qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatdi, u yerda mamlakatdagi eng istiqbolli litiy konlaridan biri joylashgan. Bu haqda Fransiyaning Le Figaro nashri xabar berdi.
Shevchenko qishlog‘i Dnepropetrovsk viloyati bilan chegaradan atigi uch kilometr uzoqlikda, yanvar oyida rus qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan Velika Novosyolka shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan. Nashr ta’kidlaganidek, kon 1982 yilda topilgan va 40 gektarga yaqin maydonni egallaydi. Qishloqning sharqiy chekkasida joylashgani uchun bir necha kundan beri u rus harbiylari nazoratida.
Ukraina geologlarining fikriga ko‘ra, Shevchenko rudasida litiy olinadigan spodumen mineralining miqdori 90 foizga yetadi. Bu uni Ukrainadagi litiy oson olinadigan yagona kon qiladi. Bu hududda litiydan tashqari tantal, niobiy, berilliy, rubidiy va seziy kabi nodir metallar ham mavjud.
Ukraina olimlarining 2022 yilgi bosqindan oldin e’lon qilingan hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainada 500 ming tonnagacha litiy zaxiralari mavjud - bu Yevropadagi eng yirik konlarga ega Portugaliyadan ko‘proq.
Ukrainaning to‘rtta litiy konidan ikkitasi mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan va Kiyev nazorati ostida qolmoqda, ammo qolgan ikkitasi - Azov dengizi yaqinidagi Shevchenko va Krutaya Balka hozir Rossiya tomonidan nazorat qilinadi.
Litiy elektromobillar va boshqa qurilmalar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishda asosiy element sifatida ishlatiladi va uning global narxi so‘nggi yillarda keskin o‘sdi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, Le Figaro yozganidek, Ukrainada litiy qazib olish qiyin vazifa bo‘lib qolmoqda: qattiq tosh konlari, masalan, Lotin Amerikasidagi tuzli ko‘llardan farq qilgan holda litiy qazib olish uchun ko‘proq sarmoya talab qiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
-
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?
O‘zbekiston | 19:23
-
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi
Jahon | 19:18
Mavzuga oid

20:08
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi

15:49
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi

15:10