Jahon | 20:46 / 26.06.2025
1100
2 daqiqa o‘qiladi

YouTube jonli efir o‘tkazish uchun minimal yosh talabini oshiradi

16 yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilarga YouTubeʼda to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyani amalga oshirish taqiqlanadi. Ilgari ushbu qoida faqat 13 yoshdan kichik foydalanuvchilarga taalluqli edi.

Foto: Getty images

2025 yil 22 iyuldan boshlab 16 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar YouTubeʼda to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyalar o‘tkaza olmaydi. Bu haqda YouTube qo‘llab-quvvatlov markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 13-15 yoshdagi o‘smirlar to‘g‘ridan to‘g‘ri efirlarni faqat kattalar ishtirokida olib borishi mumkin bo‘ladi. Ilgari bunday qoida faqat 13 yoshdan kichik foydalanuvchilarga nisbatan amal qilgan edi.

YouTube 22 iyuldan so‘ng kattalar nazoratisiz jonli efir o‘tkazadigan 16 yoshdan kichik strimerlar chat va boshqa imkoniyatlardan foydalana olmasligi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Videoxosting qoidalarni buzadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyalarni o‘chiradi va cheklovga tushgan har qanday akkauntga boshqa kanaldan foydalangan holda strimlar o‘tkazish taqiqlanadi. Bu esa oxir-oqibat akkaunt faoliyatining to‘xtatilishiga olib kelishi mumkin.

To‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiya o‘tkazish istagida bo‘lgan 16 yoshdan kichiklar kattalarga o‘z kanalini tahrirchi, menejer yoki uning egasi sifatida foydalanishga berishi kerak. Bu yoshlarga ularning kanaliga bog‘liq akkaunt orqali strim boshlash imkonini beradi. Oldin bu YouTubeʼdagi Live Control Room orqali amalga oshirilgan.

Mavzuga oid