Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tixanovskiy: Ozod etilishim Belarus demokratik harakatiga turtki beradi
Belaruslik siyosatchi Sergey Tixanovskiy ozodlikka chiqqanidan so‘ng Deutsche Welle nashriga o‘zining birinchi katta intervyusini berdi.

Foto: Olga Kapustina/DW
Svetlana va Sergey Tixanovskiylar Varshavada (26 iyun) va Vilnyusda (28 iyun) aksiyalar haqida e’lon qildi, ular davomida er-xotin Polsha va Litvada yashovchi belaruslar bilan uchrashadi. «O‘ylaymanki, siz bizni tez orada Germaniyada, ko‘plab shaharlarda va Yevropaning ko‘plab poytaxtlarida ko‘rasiz», dedi Sergey Tixanovskiy 25 iyun, chorshanba kuni Vilnyusda Deutsche Welle nashriga bergan eksklyuziv intervyusida.
Siyosatchining fikricha, uning ozod etilishi Belarusdagi demokratik harakatga turtki berishi mumkin. «Xuddi shunday bo‘ladi», dedi u DW muxbiri Aleksandra Boguslavskayaning savoliga javob berib.
Sergey Tixanovskiy ozod odam sifatida o‘zining birinchi yirik intervyusida qamoqqa olingani, rafiqasi, Belarus demokratik kuchlari yetakchisi Svetlana Tixanovskaya so‘nggi besh yil ichida o‘zgargani yoki o‘zgarmagani haqida gapirdi va «Bugun Sergey Tixanovskiy kim?» degan savolga javob berdi.
To‘liq intervyuni DW Belarus YouTube kanalida tomosha qilish, 26 iyun kuni esa DW saytida matnli versiyasini o‘qish mumkin.
Belaruslik siyosatchi, bloger va tadbirkor Sergey Tixanovskiy 2020 yilning may oyida mamlakat prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yish istagini bildirganidan so‘ng Belarusda qo‘lga olingan edi. Tixanovskiy 20 yilga qamaldi, ko‘p vaqtini bir kishilik kamerada o‘tkazdi, so‘nggi uch yil davomida hatto farzandlaridan xat ham olmadi.
2025 yil 21 iyun kuni Sergey Tixanovskiy Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko va AQSh prezidentining maxsus elchisi Kit Kellog o‘rtasida Minskdagi uchrashuvidan so‘ng to‘satdan qo‘yib yuborildi. Belarus maxsus xizmatlari uni Litva bilan chegaraga olib borgan va u yerda amerikalik diplomatlarga topshirgan. Besh yildan so‘ng siyosatchi Belarus demokratik kuchlarini boshqaruvchi rafiqasi Svetlana Tixanovskaya va farzandlarini ko‘rdi.
21 iyun kuni Tixanovskiy bilan bir qatorda yana 13 mahbus ozod etildi. Hozirda Belarus Respublikasida siyosiy motivlar bilan sudlangan mingdan ortiq odam panjara ortida o‘tiribdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
-
Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentraʼda qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi
Jamiyat | 09:16
Mavzuga oid

13:57 / 10.07.2025
Belarusda Tixanovskaya demokratik kuchlarining vakillari «terrorchilar» deb tan olindi

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:31 / 27.06.2025