Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston pensiya tizimi islohotga muhtoj - XVJ
Xalqaro valuta jamg‘armasiga ko‘ra, O‘zbekistonning amaldagi pensiya tizimi islohotlarni talab qiladi. Xalqaro ekspertlar pensiya miqdorini mehnat faoliyati davomidagi o‘rtacha daromad asosida hisoblash va ayrim tashkilot kategoriyalari uchun belgilangan imtiyozli badal stavkalarini bosqichma-bosqich bekor qilish bilan bir vaqtda standart badal stavkasini oshirishni taklif qildi.

Foto: Scanpix/ REUTERS
O‘zbekistonning amaldagi pensiya tizimi o‘rta muddatli davrda barqarorlik hamda pensiya oluvchilarga munosib nafaqa to‘lovlarini ta’minlash maqsadida isloh qilinishi kerak, deyiladi Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasining mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha tayyorlagan xulosasida.
XVJga ko‘ra, ushbu maqsadga quyidalar orqali erishish mumkin:
- pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish;
- ayrim tashkilot kategoriyalari uchun belgilangan imtiyozli badal stavkalarini bosqichma-bosqich bekor qilish bilan bir vaqtda standart badal stavkasini oshirish;
- pensiya miqdorini mehnat faoliyati davomidagi o‘rtacha daromad asosida hisoblash;
- narxlarning o‘zgarishiga qarab pensiyaning avtomatik indeksatsiya qilinish tizimini joriy etish.
Qayd etilishicha, 2024 yil dekabr oyida O‘zbekistonda pensiya islohotiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilgan va uning doirasida konseptual hujjat tayyorlash boshlangan. Hujjatni 2025 yilning sentabrigacha mamlakat prezidentiga taqdim etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4,19 million kishini tashkil etadi. Ulardan 3,47 million nafari yoshga doir, 476,2 ming nafari nogironlik, 248,9 ming nafari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishadi. Respublika bo‘yicha o‘rtacha pensiya miqdori 1 mln 432 ming so‘m.
2024 yilning sentabr oyida Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaror qabul qilingandi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 martga qadar davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilishi kerak edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
AQSh Davlat departamenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi - AP
Jahon | 19:35
-
Amerikalik olimning mushugi ikkinchi marta yangi virusni topishga yordam berdi
Fan-texnika | 19:34
-
Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
Jamiyat | 19:14
Mavzuga oid

12:43 / 10.07.2025
Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi

13:54 / 01.07.2025
XVJ Ukraina uchun yarim milliard dollarlik transhni ma’qulladi

13:17 / 01.07.2025
Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi

11:00 / 01.07.2025