Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fors ko‘rfazida mingga yaqin kema ishtirokida tirbandlik yuzaga keldi
Kemalarda yuk tashuvchi kompaniyalar allaqachon ko‘rfaz orqali kunduz kuni tranzitlarni cheklagan. GPS ishidagi uzilishlar sabab kemalar bilan aloqa yo‘qolib qolmoqda.

Foto: AFP/Getty Images
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish bilan tahdid qilganidan keyin Fors ko‘rfazida kemalar harakati inqirozli vaziyatga duch keldi: mingga yaqin kema ishtirokida tirbandlik paydo bo‘ldi, GPS ishida uzilishlar kuzatilmoqda — bu to‘qnashuv xavfini oshiradi, deb yozmoqda S&P Global.
Qayd etilishicha, kemalarda yuk tashuvchi kompaniyalar allaqachon ko‘rfaz orqali kunduz kuni tranzitlarni cheklagan — odatdagi 24 soatli harakatlar o‘rniga endi kun davomida 16-18 soat suzish mumkin. «Gap faqat hujum tahdidida emas — mintaqadan yuklarni olib chiqish logistikasining o‘zi allaqachon katta muammoga aylangan», — deydi tanker kompaniyalaridan birining vakili.
Bundan tashqari, bozor ishtirokchilarining ma’lum qilishicha, GPS ishidagi uzilishlar sabab kemalar bilan aloqa yo‘qolib qolmoqda. Yuk tashuvchi kompaniyalardan birining direktori hujum xavfi bo‘lmagan taqdirda ham to‘qnashuvlar ehtimolligi yuqori, chunki aloqa uzilishlari sharoitida boshqa kemalar joylashuvini aniqlash qiyin. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, sohilni qo‘riqlash xizmatlari qoidalarga ko‘ra, kun-u tun ekipaj bilan aloqada bo‘lishi kerak, ayni vaqtda esa ular buni amalga oshira olmayapti. Shuningdek, dengiz minalari ham tahdid uyg‘otmoqda.
Bularning barchasi marshrut iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishga ulgurdi: Plats ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyun kuni Fors ko‘rfazi—Xitoy yo‘nalishida suzadigan yirik tankerlarning yuk stavkalari w80 gacha ko‘tarilgan.
Beqarorlik Eron parlamenti AQSh tomonidan yadro obektlariga uyushtirilgan hujumlaridan keyin Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishni ma’qullash borasidagi tahdidlari sabab yuzaga kelgan. Bu boradagi yakuniy qaror Eron Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilinadi. Eron oldin ham bir necha bor bo‘g‘ozni yopish bilan tahdid qilgan, ammo ish real harakatlargacha yetib bormagan edi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Fors va O‘mon ko‘rfazlari orasida joylashgan bo‘lib, shimolda Eron, janubda esa O‘mon bilan chegaradosh. Bu Fors ko‘rfazidan ochiq okeanga chiqish uchun yagona dengiz o‘tish yo‘li hisoblanadi. Dunyo neftining qariyb 20 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning katta qismi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Wizz Air aviakompaniyasi O‘zbekistondan Abu-Dabiga parvozlarni to‘xtatadi
O‘zbekiston | 18:39
-
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi
O‘zbekiston | 18:34
-
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi
Jahon | 18:21
-
Rossiyada migrantlar uchun qo‘shimcha davlat bojlari joriy etilishi mumkin
Jahon | 18:16
Mavzuga oid

22:28 / 13.07.2025
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

13:05 / 09.07.2025