O‘zbekiston | 14:50 / 17.06.2025
2886
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi

Toshkentning Shayxontohur tumani JQB xodimlari tomonidan katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini “zakladka” yo‘li bilan tarqatgan shaxs ushlandi. 

Foto: Videodan kadr

Poytaxt IIBB xabar berishicha, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida vaqtincha yashovchi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi

Tezkor tadbir davomida xonadonning oshxonasida bekitib qo‘yilgan 37 dona polietilen paketga qadoqlangan kukunsimon modda, elektron tarozi va boshqa qadoqlash uchun zarur vositalar aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirildi. 

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, gumonlanuvchidan olingan 337 o‘ramdagi moddalar sintetik va giyohvandlik vositalari ekani aniqlandi. 

Holat yuzasidan bu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid