Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh harbiy samolyotlari Eron biqinida, Netanyahu to‘xtamoqchi emas
Eron bilan Isroil o‘rtasidagi urush beshinchi kuniga kirdi. Tunda dron va raketa hujumlari davom etdi. Isroil Eron televideniyesi ofisini nishonga oldi, jurnalist esa jonli efirni to‘rtinchi raketagacha davom ettirdi. Eron diplomatik bosimlar orqali o‘t ochishni to‘xtatishga urinmoqda.

Eron-Isroil urushi 5-kunga o‘tdi. Tunda ham ikki davlat o‘rtasida raketa va dronlar almashishi davom etdi. Yaqin Sharq manbalariga ko‘ra, Eron asosan qanotli raketalardan foydalangan va hujum ko‘lami avvalgi kungidek bo‘lmagan.
Tel-avivda sirenalar yangrashda davom etayotgan vaqtda Isroil Eron davlat televideniyesi ofisini bombaladi. E’tiborni tortadigani televideniye axborot dasturi jurnalisti Sahar Imomiy hujum vaqtida ham jonli efirni jasorat bilan davom ettirgan, faqat 4-raketa Imomi studiyasini portlatgandan so‘ng u xonani tark etgan.
Xabarlarga ko‘ra Eron O‘mon, Qatar va Saudiya Arabistonidan Tramp orqali Netanyahuga o‘t ochishni to‘xtatishga bosim o‘tkazishni so‘ragani aytilmoqda. Reuters’ga ko‘ra Eron buning evaziga yadroviy muzokaralarda moslashuvchanlikni namoyon qiladi. Netanyahu kecha ABC kanaliga bergan intervyusida Eron oliy rahbari Xominaiyni o‘ldirish mojaroni kuchaytirmaydi, balki uni hal etishi mumkinligini aytdi. Qizig‘i shundaki, Yaqin Sharqda deyarli hamma bilan urushib turgan odam aynan — Netanyahuning o‘zi! Bugun tongda Xitoyning Isroildagi elchixonasi o‘z fuqarolariga xavfsizlik vaziyatining yomonlashgani sababli mamlakatni zudlik bilan tark etishni tavsiya qildi. Havo hududi yopilganligi sababli Xitoy fuqarolariga imkon qadar tezroq quruqlikdagi chegara o‘tish joylari orqali mamlakatni tark etishga ruxsat beradi. Donald Tramp esa milliy xavfsizlik uchrashuvi o‘tkazmoqchi, shuningdek u Truth Social tarmog‘idagi postida Tehron aholisini zudlik bilan shaharni tark etishga chaqirdi.
Uning ta’kidlashicha, Eron Tramp taklif etgan bitimini imzolashi kerak edi, ammo bu amalga oshmagan va “behuda qurbonlar” yuz bergan. “Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerak — men buni qayta-qayta aytganman!” — deb yozdi Tramp. Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab u Kanadada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammitini ertaroq tark etadi. Shuningdek, AQShning KC-135 tankerlari va boshqa aviatsiya kuchlari Yevropaga va mintaqaga – xususan, Bahrayndagi bazalarga ko‘chirildi. Undan tashqari AQShning Nimits aviatsiya samolyotlar tashuvchi kreysr esa G‘arbiy Tinch okeanidan Yaqin Sharq tomon harakatlanyapti. Nimitz samolyot tashuvchisi nafaqat harbiy kuchlar bazasi, balki mobil aviatsiya markazi sifatida Yaqin Sharqda osmonni nazorat qilish imkonini ham beradi.
Ha, oldimizdagi 24 soat yangi voqeliklarga boy bo‘ladiganga o‘xshaydi.
Mintaqadagi vaziyat Oq uydan yangraydigan bayonotlarga bog‘liq.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossining BBC’ga aytishicha, Natanz zavodi katta zarar ko‘rgan, ehtimol 15 ming sentrifuga vayron bo‘lgan, tog‘ning chuqur qismida joylashgan Fordo boyitish zavodiga esa zarar yetmagan. «Ehtimol, u yerda zarar juda kichik bo‘lishi mumkin», dedi Grossi.
Eron-Isroil urushini 13 iyun tongda Isroil o‘zining hujumi bilan boshladi, natijada Eron harbiy qo‘mondonlarining deyarli barcha yuqori bo‘g‘ini va uning yetakchi yadro olimlari halok bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
Mavzuga oid

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025