Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident administratsiyasi nazorat inspeksiyasi tugatildi, uning rahbari Saidlaziz Saidkarimov prezident tanqidiga uchradi
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev prezident administratsiyasi nazorat inspeksiyasi faoliyatini qattiq tanqid ostiga olib, uni bugunoq tugatishga topshiriq berdi. Saidlaziz Saidkarimov nazorat inspeksiyasiga 2022 yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan, u prezident topshiriqlari ijrosiga mas’ul bo‘lgan va ularga sovuqqonlik bilan yondashgan rahbarlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritib borishi kerak edi.

Foto: Hisob palatasi
Yig‘ilishda Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
«Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Vazirlarga yaxshi ko‘rinish uchun, ular nimani bersa, shuni ko‘tarib kelmasdan, masalalarni o‘rganib, aybdorlarni jazolash bo‘yicha nega taklif kiritmaydi?» - dedi davlat rahbari.
Faoliyatidagi kamchilik va muammolarni hisobga olib, Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi.
Shu bois, ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilishi belgilandi.
Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablag‘lar faqatgina to‘g‘ri sarflanishini emas, balki nima samara bergani, aholi bundan qanchalik rozi bo‘lganini ham o‘rganadi.
Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, «aravasini tortmayotgan» rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar bo‘yicha o‘z taklifini har oyda prezidentga kiritadi.
Ma’lumot uchun, Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasiga 2022 yil avgustidan buyon Saidlaziz Saidkarimov rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam bosh prokurori o‘rinbosari va Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. U inspeksiya rahbari lavozimida keng vakolatlarga ega edi, xususan, prezident topshiriqlari, qaror va farmonlar ijrosini nazorat qilib, ularga sovuqqonlik bilan yondashayotgan rahbarlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritib borishi belgilangandi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

23:33 / 23.06.2025
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi

16:15 / 24.08.2022
Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi

19:11 / 17.09.2020