Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil politsiyasi ikki eronlik josusni qo‘lga oldi
Isroilda ikki nafar isroillik Eronga foydasiga josuslikda gumonlanib hibsga olindi, deya xabar bermoqda ShABAK maxsus xizmati. Eron ommaviy axborot vositalari, shuningdek, "Mossad"ning ehtimoliy ikki agenti hibsga olingani haqida xabar qildi.

Foto: Isroil politsiyasi
Asli yahudiy bo‘lgan ikki Isroil fuqarosi mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan Eron foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda politsiya va Umumiy xavfsizlik xizmati ("Shin-bet", ShABAK)ning 15 iyun, yakshanba kuni chop etilgan qo‘shma bayonotida aytilgan.
«Eronga qarshi davom etayotgan kampaniya, Isroildagi aholi punktlari va strategik ahamiyatga ega obektlarga raketa hujumlari sharoitida biz Eron bilan hamkorlik olib keladigan zarar va xavfning guvohi bo‘lyapmiz», — deyiladi bayonotda. Eron tomoni, Isroil razvedka xizmatiga ko‘ra, josuslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan Isroilga zarar yetkazish uchun foydalangan.
Avvalroq Eron ham "Mossad" Isroil razvedka xizmatining ikki agentini o‘z hududida portlovchi moddalar va elektron qurilmalar tayyorlayotgan vaqtda hibsga olganini ma’lum qildi, deb xabar berdi mahalliy Tasnim agentligi.
13 iyun kuni Isroilning Eron yadroviy va harbiy infratuzilma obektlariga birinchi hujumidan so‘ng, "Mossad" mamlakat harbiy-havo kuchlarining zarbalari bilan bir vaqtda yerda o‘zining maxsus operatsiyasini amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, razvedka xodimlari Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari yaqinida yuqori aniqlikdagi qurollarni joylashtirgan, mamlakatga yashirincha olib kelingan mashinalarga zarba berish tizimlari o‘rnatgan va Tehron yaqinida dronlar bazasini yaratgan.
Isroil harbiy-havo kuchlari zarba berishni boshlagan bir vaqtda Eron hududidagi qurollar havo mudofaasini bostirish ishga tushirildi va poytaxtdagi nishonlarga hujum qilish boshlandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

13:05 / 09.07.2025