Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Eron siyosiy elitasi islom inqilobidan keyingi davrdagi eng murakkab pallada turibdi. Xo‘sh, ichki noroziliklar va iqtisodiy inqiroz ustiga kelgan tashqi harbiy tajovuz rejimga ekzistensial tahdid yaratyapti, deyish mumkinmi? Nafaqat eronliklar, butun mintaqa uchun dolzarb savol atrofida Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi ekspertlari so‘z yuritdi.

Shavkat Ikromov: Isroil tomoni Eron bilan urushni qancha kerak bo‘lsa shuncha davom ettirishi haqida bayonot beryapti. AQShdagilar esa urush maksimum 14 kun davom etishi mumkinligini aytyapti. Chunki bir narsani hisobga olish kerak: Isroil harbiy jihatdan katta qudratga ega, lekin uning resurslari ham cheklangan. AQShning bu urushdagi ishtiroki qay darajada bo‘lishi savol ostida turibdi.
Eron Islom Respublikasi hukumati hozirgi kunda o‘z tarixidagi eng zaif kunlarini boshidan kechiryapti deb bemalol ayta olamiz. Chunki Eron rejimining asosiy tayanchi bo‘lgan harbiy generallar, inqilob qo‘riqchilari korpusi yetakchilari Isroil tomonidan oxirgi uch-to‘rt yil davomida bir necha bor yo‘q qilindi. Va bu galgi hujumlarda Netanyahu eronliklarga provokatsion murojaat bilan chiqdi: “Sizning hukumatingiz hozir har doimgidan ham zaifroq, ko‘chaga chiqing va o‘z ovozingizni eshittiring”.
Afsuski bu to‘g‘ri, so‘nggi uch-to‘rt yil davomida doimiy ravishda iqtisodiy va ijtimoiy muammolar Eronda juda chuqur ildiz otgan. Pizishkiyon hokimiyatga kelganidan keyin qandaydir liberal islohotlar qilinadi deb kutilgandi, lekin hozircha real o‘zgarishlar bo‘lmadi.
1979-yildan beri yashab kelayotgan rejim qulashi qaysidir avlodlar uchun mutlaqo sodir bo‘lmaydigandek ko‘rinadi. Lekin tashqaridan qaraganimizda, bu rejim hozir judayam bir zaif holatda va har qanday kutilmalarni biz kutishimiz mumkin.
Kamoliddin Rabbimov: Erondagi siyosiy rejimni yiqitish mumkin bo‘lgan yagona kuch bu – Eron xalqining mutlaq aksariyati. Eron – katta davlat, aholisi 85 million. Inqilob bo‘lgan paytda, 1979 yilda 35 million edi. 35 milliondan 10 millionga yaqini ko‘chalarga chiqib podshohni ag‘dargan edi.
Hozir Eron xalqi uchun yomon va juda yomon rejimlar kurashyapti. Bir tomondan – siyosiy rejim. Uning legitimligi pastroq. Ikkinchi tomondan, Eron aholisining mutlaq aksariyati Isroilni qabul qila olmaydi. Va shuning uchun mening nazarimda Eron siyosiy rejimi aynan Isroil bilan kurashayotgan paytda xalq ko‘chaga chiqib rejimni yiqitishi ehtimoli juda kam.
Netanyahu Eron xalqini ko‘chaga chiqib hukumatni yiqitishga chaqiryapti, lekin eronliklar oliy rahbariyatdan Isroilga qasos zarbalar berishini so‘rayapti. Odatda tashqi dushman xalq va davlatni konsolidatsiya qiladi.
Oyatulloh Xominaiy Isroil tomonidan yo‘q qilingan taqdirda ham, Erondagi ulamolar kengashi navbatdagi liderni tayinlaydi. Pizishkiyon G‘arb bilan kelishuv yo‘lidan ketyapti, lekin bu yerda o‘yinni buzayotgan – Amerika va Isroil, Eron emas.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
Mavzuga oid

11:06
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

22:28 / 13.07.2025
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

18:31 / 13.07.2025
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

11:30 / 13.07.2025