Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Eronga hujum chog‘ida 200 ta samolyotdan birontasini ham yo‘qotmadi
Isroil elektron urush vositalaridan foydalangan holda Eronga katta kiberhujum uyushtirgan bo‘lishi mumkin - reyd davomida havo hujumidan mudofaa vositalaridan hech bir samolyot zarar ko‘rmagan.

Foto: AP
13 iyun, juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida TSAHAL vakili, brigada generali Effi Defrin Eronning yadroviy va boshqa obektlariga zarba berishda Isroilning 200 dan ortiq harbiy samolyoti ishtirok etganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu operatsiya davomida 100 ta nishonga qarshi 330 dan ortiq o‘q-dorilar qo‘llangan. Shu bilan birga, Germaniyaning BILD gazetasi harbiy kuzatuvchilari aniqlik kiritishicha, Isroil bironta ham samolyotini yo‘qotmagan. F-35, F-16 va F-15 bombardimonchi samolyotlari asosan Tehrondagi nishonlarga boshqariladigan bombalarni tashlash uchun 50 kmgacha bo‘lgan masofada yaqinlashdi.
Eron havo mudofaa tizimidan javob faqat bitta bazadan keldi. BILD fikricha, bunday dinamika hatto Isroil samolyotlari havoga ko‘tarilganida ham boshlangan elektron urush yordamidagi yirik kiberhujumdan dalolat beradi. Aftidan, Isroil Eron radarlarini bir necha soat davomida o‘chirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi, deya aniqlik kiritdi nashr.
Kuzatuvchilar Hans-Yorg Felevald va Yulian Ryopkening so‘zlariga ko‘ra, Isroil Eronning turli havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari, shuningdek, mobil telefonlar, ratsiyalar va peyjyerlar kabi shaxsiy aloqa tizimlari o‘rtasidagi aloqalarni buzishga muvaffaq bo‘lgan ko‘rinadi. Reyd tugagandan keyingina aloqa tiklandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

18:28 / 26.07.2025
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

07:36 / 25.07.2025
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

00:46 / 25.07.2025
AQSh Isroil–Hamas muzokaralaridan chiqdi

20:17 / 24.07.2025