Isroil butun dunyodagi elchixonalari va konsulliklarini yopdi
Isroilning Eronga bergan yirik zarbalaridan keyin Isroil diplomatik missiyalari yopiqligicha qolmoqda. Tehron Isroilning Eronga zarba berishini urush e’lon qilish deb atadi.

Foto: AP
Isroilning 13 iyun, jumaga o‘tar kechasi Eronga bergan yirik zarbalaridan so‘ng butun dunyo bo‘ylab Isroil elchixonalari va konsulliklari yopiqligicha qolmoqda. «So‘nggi voqealarni hisobga olgan holda, Isroilning butun dunyo bo‘ylab vakolatxonalari yopiqligicha qolmoqda, konsullik xizmatlari ko‘rsatilmayapti», — deya xabar beradi Isroil diplomatik vakolatxonalari veb-saytlari.
Xuddi shunday xabarlar Isroilning AQSh, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Fransiya, Nigeriya, Rossiya va Ukrainadagi elchixonalari veb-saytlarida ham joylashtirilgan.
Avvalroq Isroil Erondagi qator nishonlarga, jumladan, Tehrondagi obektlarga va Natanz yadro markaziga kuchli zarbalar bergan edi. Eron matbuotiga ko‘ra, hujumlarda, jumladan, Eron qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy va Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Husayn Salomiy ham halok bo‘lgan.
Tehron Isroilning zarbalarini «urush e’lon qilish» deb atadi. Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy Isroilga dahshatli oqibatlar bilan tahdid qildi. Prezident Ma’sud Pizishkiyon Tehron Isroilni hujumdan pushaymon qildirishini aytdi. Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron 13 iyun, juma kuni Isroilga qarshi kamida 100 ta uchuvchisiz uchuvchisiz uchoq uchirdi, ularning aksariyati Isroil havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan tutib olingan.
Xalqaro hamjamiyat vaziyatni yumshatish va vazminlikka chaqirar ekan, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu harbiy amaliyot «ko‘p kun davom etishini» aytdi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi
Jahon | 13:55
-
«Spaydermen» qo‘l: MuhammadUmarning ushalgan orzusi haqida
O‘zbekiston | 13:55
-
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi
Jamiyat | 13:43
-
AQShda America Party'ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirildi
Jahon | 13:28
Mavzuga oid

13:55
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi

10:58
Isroilda G‘azoda doimiy otashkesim o‘rnatish talabi bilan ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi

10:03
AQSh HAMASni G‘azodagi gumanitar yordam tarqatish punktiga hujumda aybladi

09:20