Isroil Eronga yangi zarbalarni berdi
Isroil armiyasi vakili Eronga qarshi harbiy operatsiya endi boshlanganini ma’lum qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Isroil Eron hududiga yangi zarbalarni berdi. Isroil matbuotiga ko‘ra, Tabriz shahri aeroporti yaqinida ketma-ket portlash sodir bo‘lgan. Hujumlar dronlar yordamida amalga oshirilgan: obektga olib boruvchi temir yo‘l va mudofaa yo‘llari shikastlangan. Hududda havo hujumidan mudofaa bazalari mavjud.
Isroil armiyasi Fors viloyati poytaxti Sheroz shahriga aviazarbalar berilganini tasdiqladi, bu yerda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) shtab-kvartirasi, ballistik raketalar zavodi va o‘q-dorilar omborlari joylashgan.
Shu bilan birga, Isroil armiyasi Eronning Natanzdagi (Isfaxon viloyati) uran boyitish zavodiga yana bir bor hujum qildi, deb xabar berdi AP. Buni Isroil harbiylari ham tasdiqladi. Zarbalar yadroviy inshootning yer osti qismi – sentrifugalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli boyitish zali, elektr jihozlari va yordamchi infratuzilmaga zarar yetkazgan. Bundan tashqari, boshqa muhim infratuzilma obektlari ham hujumga uchragan.
Isroil hujumlarining yangi to‘lqini Eron havo hududi yopilgan vaqtda sodir bo‘lmoqda.
Avvalroq Eron rasmiylari Natanzdagi yadro inshooti shikastlanganini tasdiqlagan, biroq yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritmagan edi. Inshoot 40 metrdan ortiq yer ostida joylashgan bo‘lib, qalinligi 8 metr bo‘lgan temir va beton qobiq bilan himoyalangan. Unda tadqiqot reaktori joylashgan.
Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) rahbari Rafael Grossi Eron atom energiyasi tashkiloti vakillariga tayanib, stansiyaga birinchi zarbadan keyin hududda radiatsiya darajasi o‘zgarmagani haqida xabar berdi.
Eronga nisbatan harbiy operatsiya endi boshlandi, dedi Isroil armiyasi matbuot kotibi Efi Defrin.
«Ayni paytda Isroil armiyasi maqsadga erishish uchun operatsiyalarni davom ettirmoqda, parallel ravishda Isroilning muhim mudofaasini ta’minlamoqda», dedi u.
Zarbalar qachongacha davom etishi haqidagi savolga javoban u «operatsiya endi boshlanmoqda» dedi va armiya Eronning javob zarbalariga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:07
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi

08:43
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

09:40 / 05.07.2025
Isroilning G‘azoga yangi hujumi oqibatida 37 falastinlik halok bo‘ldi

09:00 / 05.07.2025