Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Hegset: Rossiya - Ukrainadagi urushda agressor
Pentagon rahbari Pit Hegset senatorlar savollariga javob berar ekan, hech ikkilanmasdan Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda tajovuzkor deb atadi.

Foto: Josh Morgan/USA Today/picture alliance
AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset AQSh Senatining mablag‘lar bo‘yicha qo‘mitasida harbiy budjet muhokamasi chog‘ida bergan ko‘rsatmasi chog‘ida to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiyani Ukrainadagi urushdagi tajovuzkor deb atadi. Uning nutqi videosi 11 iyun, chorshanba kuni ABC telekanalida chop etildi.
Senator Mitch Makkonnell Pentagon rahbaridan kimni tajovuzkor va Ukrainadagi urushda kimni qurbon deb bilishini so‘radi. «Rossiya — tajovuzkor», — deb ikkilanmasdan javob qaytardi Hegset, shundan so‘ng Makkonnell vazir qaysi tomon g‘alaba qozonishini ko‘rishni istashini so‘radi.
«Ko‘p marta aytganimizdek, prezident (Donald Tramp) bu mojaroda tinchlik tarafdori. Oxir-oqibat, tinchlik bizning milliy manfaatlarimizga xizmat qiladi va biz bu natija bu xonadagi ko‘pchilik va mamlakatimizdagi ko‘pchilikdan afzal bo‘lmasa ham, har ikki tomon manfaatlariga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz», — deb javob berdi Hegset.
Iyun oyi boshida Pentagon rahbari uch yillik urushdan keyin birinchi marta Hegsetdan oldingi rahbar Lloyd Ostin tashabbusi bilan tuzilgan Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida qatnashmadi. Vazir matbuot xizmati buni uning safarlar jadvali bilan izohladi. AP agentligi buni vazirning Ukrainadagi harbiy harakatlardan uzoqlashish uchun qilgan qadamlaridan biri deb atadi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

23:47 / 17.07.2025
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi

21:37 / 17.07.2025
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi

19:39 / 17.07.2025
Ukrainada yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi

15:53 / 17.07.2025