Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasidan so‘ng Rossiya bombardimonchi samolyotlarini Uzoq Sharqqa ko‘chirdi
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar shunga dalolat qilmoqda.

Ukrainaning «Pavutina» («O‘rgimchak to‘ri») operatsiyasi oqibatida Rossiya Aerokosmik kuchlari 20 tagacha strategik bombardimonchi samolyotni yo‘qotgan edi. Shundan so‘ng, Rossiya mudofaa vazirligi Tu-160, Tu-95MS va Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlarni Irkutsk va Murmansk oblastlaridagi aerodromlardan boshqa havo bazalariga, birinchi navbatda, Uzoq Sharqqa ko‘chirdi. Bu haqda Ukrainaning AviVector loyihasi sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga tayanib xabar berdi.
Shunday qilib, Irkutsk oblastidagi Belaya aerodromidan yettita Tu-160 bombardimonchi samolyoti, Murmansk oblastidagi Olenya aviabazasidan uchta Tu-160 samolyoti ko‘chirildi. Keyinchalik, Anadirda ikkita samolyot, Tataristondagi Borisoglebskoye va Kamchatkadagi Yelizovo aerodromida uchta Tu-160 paydo bo‘ldi.
Avvalroq AviVector Ukraina dronlari tomonidan qilingan hujumning ertasiga Olenya aviabazasidan Amur oblastiga 11 ta Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti ko‘chirilgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, u yerga Saratov oblastidagi Engels-2 harbiy aerodromidan to‘rtta Tu-95MS bombardimonchi samolyoti ham yuborilgan. Yana to‘rtta samolyot Mozdok aviabazasiga yuborilgan, u so‘nggi paytlarda Rossiya aviatsiyasi tomonidan foydalanilmayapti. Sun’iy yo‘ldoshlar Borisoglebskoye aerodromida to‘rtta Tu-22M3 samolyotlarini suratga oldi.
1 iyun kuni Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) «Pavutina» deb nomlangan misli ko‘rilmagan operatsiyani amalga oshirdi - Rossiya hududidagi strategik havo bazalariga dronlar hujumi uyushtirildi. Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, operatsiya 18 oydan ortiq vaqt davomida tayyorlangan va prezident Volodimir Zelenskiy tomonidan shaxsan nazorat qilingan.
Ukraina tomoniga ko‘ra, operatsiya natijasida Rossiya strategik aviatsiyasining 41 ta harbiy samolyoti yo‘q qilingan. Biroq, boshqa mustaqil manbalarga ko‘ra, yo‘q qilingan samolyotlarning soni 12 dan 23 tagacha bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 21:29
-
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi
Jamiyat | 20:48
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
Mavzuga oid

20:48
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi

18:58
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi

16:42
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?

12:59