Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va XVJ soliq siyosatini takomillashtirishni muhokama qilmoqda
Xalqaro valuta jamg‘armasi vakillari soliq siyosati va ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha 10 kunlik missiya bilan O‘zbekistonga keldi. Soliq imtiyozlarining samaradorligi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ikki yoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi xalqaro shartnomalarni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq muammolar – muhokama markazida.

Foto: Soliq qo‘mitasi
2025 yil 5–16 iyun kunlari O‘zbekistonda Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ)ning soliq siyosati va ma’muriyatchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan missiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Delegatsiyaga XVJning Fiskal ishlar departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Shafik Xebous boshchilik qilmoqda.
Missiya doirasida 10 iyun kuni XVJ vakillari bilan Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida soliq ma’muriyatchiligini optimallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan IT-park, erkin iqtisodiy, sanoat va boshqa zonalar rezidentlariga foyda solig‘i bo‘yicha taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarining samaradorligi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga oid masalalar, shu jumladan, norasmiy daromadga ega fuqarolar orasida soliq qonunchiligiga ixtiyoriy rioya etilishini yuksaltirishga qaratilgan mexanizmlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, ayrim davlatlardagi soliq yukini kamaytirish uchun «shartnomalar orqali manipulyatsiya qilish» (treaty shopping), ya’ni ikki yoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi xalqaro shartnomalarni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq muammolarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Missiya yakunlariga ko‘ra, XVJ tomonidan O‘zbekiston soliq tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tahliliy xulosalar va aniq tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobot tayyorlanadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
Mavzuga oid

13:54 / 01.07.2025
XVJ Ukraina uchun yarim milliard dollarlik transhni ma’qulladi

11:27 / 27.06.2025
“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

23:08 / 26.06.2025
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi

12:21 / 26.06.2025