Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
2021 yildan beri RFning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan Oleg Malginov diplomatik faoliyatini yakunlamoqda. U butun O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

Foto: Sputnik
RFning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik faoliyati yakunlanayotgani munosabati bilan Rossiya kuniga bag‘ishlangan tadbirda minnatdorlik so‘zlari bilan chiqish qildi.
U o‘z nutqida Shavkat Mirziyoyev, hukumat, Tashqi ishlar vazirligi, hamkasblari, elchixona jamoasi, turmush o‘rtog‘i va butun O‘zbekiston xalqiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
«Men bu yerda ko‘plab do‘stlarimni qoldiryapman, ishonchim komilki, ular bilan hali ko‘p uchrashamiz. O‘z navbatida, Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etaman», - dedi elchi.
Ma’lumot uchun, Oleg Malginov diplomatiya sohasida 1979 yildan beri faoliyat yuritib keladi. 1979-1983 yillar davomida sobiq ittifoqning Hindistondagi elchixonasida ishlagan. 1993 yilgacha esa avval sobiq ittifoq, keyinchalik esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Inson huquqlari departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimini egallagan.
U 1994-1999 yillarda Rossiyaning BMTdagi va Jyenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonasi yetakchi maslahatchisi, keyinchalik esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro insonparvarlik hamkorligi va inson huquqlari departamenti direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Diplomat 2003 yildan 2006 yilgacha Rossiyaning Bangladeshdagi elchisi, 2011-2016 yillarda esa Ruminiyadagi elchisi lavozimlarini egallagan.
Oleg Malginov 2021 yilda O‘zbekistonga elchi etib tayinlanishidan oldin Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

07:35 / 24.08.2017
Rossiyaning Sudandagi elchisi o‘z uyida jonsiz holda topildi

23:32 / 31.05.2017
O‘zbekiston TIVda Rossiya elchisi qabul qilindi

10:09 / 19.01.2017
Turkiyada Rossiya elchisi o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisi hibsga olindi

17:03 / 23.12.2016