Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanets o‘zining BYDʼsini milliy jamoa tarjimoni Davron Ahmedovga sovg‘a qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining tajribali himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga sovg‘a qilingan BYD Song Plus Champion hibrid avtomobilini jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolariga jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani uchun BYD avtomobillari sovg‘a qilindi. Mashinalar kalitini shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarga topshirdi.
Ta’kidlash joiz, Bobur Abduxoliqov mundial saralashining so‘nggi bosqichida O‘zbekiston safida 4 ta o‘yinda qatnashdi, u Shimoliy Koreyaga qarshi bahsda assistni amalga oshirgan bo‘lsa, BAA bilan o‘yinda penalti ishlashga muvaffaq bo‘lgandi. OKMK a’zosi Islom To‘xtaxo‘jayev esa milliy jamoaning so‘nggi ikki o‘yiniga chaqirilgandi. Ammo davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxatidan Abduxoliqov emas, balki To‘xtaxo‘jayev o‘rin olgan edi.
O‘z navbatida O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanets esa o‘ziga sovg‘a qilingan BYDʼni milliy jamoa tarjimoni Davron Ahmedovga sovg‘a qildi.
Mavzuga oid

19:50 / 28.06.2025
Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi

12:24 / 27.06.2025
Qamchiq dovonida BYD xandaqqa tushib ketdi

15:52 / 23.06.2025
Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi

20:47 / 09.06.2025