Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Levada": Rossiyaliklarning rekord qismi G‘arb bilan do‘stlikni xohlayapti
"Levada" markazi so‘roviga ko‘ra, Rossiyada ko‘pchilik Germaniyani dushman davlat deb biladi, shu bilan birga, ular orasida Qo‘shma Shtatlarni ma’qullash ortib bormoqda.

Foto: Stringer/REUTERS
Ruslar Belarus, Xitoy, Qozog‘iston, Hindiston va Shimoliy Koreyani eng do‘stona davlatlar deb bilsa, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ukraina, AQSh va Polsha eng dushman davlatlardir. Bu haqda 5 iyun, payshanba kuni Rossiya Federatsiyasi fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga tayanib, «Levada-sentr» tahliliy markazi ma’lum qildi.
Tahlilchilarning fikricha, 20 yillik kuzatuvlar davomida AQSh birinchi marta Rossiya Federatsiyasiga eng «dushman» davlatlar ro‘yxatida birinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Germaniya birinchi marta antireyting yetakchisiga aylandi. So‘rov 2025 yilning may oyida o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijalari rossiyaliklarning AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati va Germaniya kansleri Fridrix Mersning Rossiya Federatsiyasi va uning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi haqidagi pozitsiyasi haqidagi fikrlarini aks ettirishi mumkin. Shu tariqa, avvalroq Germaniya kansleri Berlin va Kiyev uzoq masofaga uchuvchi qurollarni birgalikda ishlab chiqarishini e’lon qilgan edi.
Respondentlarning uchdan ikki qismi Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar doimo ishonchsizlik asosida bo‘lishiga ishonch bildirdi – bu butun kuzatuv davri uchun maksimal ko‘rsatkichdir, deya qayd etadi "Levada-sentr". Shu bilan birga, respondentlarning mutlaq ko‘pchiligi – 80 foizi vaziyatni yumshatish tarafdori. Respondentlarning 14 foizi Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash kerak emas, deb hisoblaydi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Trampning boingini ta’mirlashga yadroviy kuchlar dasturidan to‘langan
Jahon | 12:13
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
-
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi
O‘zbekiston | 12:02
-
Marg‘ilonda 35 mln dollarlik city qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 11:43
Mavzuga oid

11:08
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi

10:28
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi

10:01
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi

08:59