Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Rossiya Ukrainaning aerodromlarga bergan zarbalariga «jiddiy» javob qaytaradi
Ukraina AQShni bo‘lajak operatsiya haqida xabardor qilmadi, chunki u «Vashington e’tiroz bildirishini bilar edi» - ismi sir qolishni istagan AQSh rasmiylari.

Foto: AQSh havo kuchlari
Rossiya harbiy aerodromlarga qilingan hujumga javoban Ukrainaga jiddiy zarba beradi. Bu haqda Amerikaning The New York Times gazetasi anonim qolishni istagan amerikalik rasmiylarga asoslanib xabar bermoqda.
Rasmiylarning aytishicha, operatsiya nafaqat Rossiyaning strategik imkoniyatlariga zarar yetkazgan, balki Ukraina atigi 600 dollarlik uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida qiymati 100 million dollardan ortiq bo‘lgan harbiy samolyotlarni yo‘q qilishga qodirligini ham ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, manbalarning ta’kidlashicha, bu hujumlar, ularning fikricha, Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyalarini qisqartirishga olib kelmaydi, balki Moskvaning «jiddiy» javobini keltirib chiqarishi mumkin.
Ukraina «Vashington e’tiroz bildirishini bilgani uchun» bo‘lajak operatsiya haqida Qo‘shma Shtatlarni xabardor qilmadi, dedi rasmiylar.
1 iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina FPV dronlardan foydalangan holda Rossiyaning beshta hududidagi harbiy aerodromlarga hujum qilgani haqida xabar berdi.
«Bugun Kiyev rejimi FPV dronlar yordamida Murmansk, Irkutsk, Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi aerodromlarga qarshi terakt uyushtirdi», — deyiladi xabarda.
«Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi harbiy aerodromlarda barcha teraktlar qaytarildi. Murmansk va Irkutsk viloyatlarida aerodromlar yaqinida joylashgan hududdan FPV dronlarning uchirilishi natijasida bir nechta samolyotlar yonib ketdi», — deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ayni paytda Ukraina tomoni Rossiya havo bazalariga Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining hujumlari natijasida strategik qanotli raketa tashuvchilarning 34 foizi yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
«7 milliard AQSh dollari. Bu SBUning «Pautina» maxsus operatsiyasi natijasida bugun yo‘q qilingan dushman strategik aviatsiyasining taxminiy qiymati», — deyiladi Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) Telegram-kanalida.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

14:57 / 19.07.2025
Rossiya rep ijrochi Face'ni qidiruvga berdi

12:41 / 19.07.2025
Rossiya Adliya vazirligi Activatica portalini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi

11:44 / 19.07.2025