Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Ikkinchi jahon urushiga tegishli uchta bomba sabab 20 ming kishi evakuatsiya qilinadi
Kyoln shahrida urush davriga tegishli portlamay qolgan bombalar topildi. Gap og‘irligi 1 va 2 tonnali Amerika bombalari haqida ketmoqda.

Foto: DPA
Germaniyaning Kyoln shahridan Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli portlamay qolgan uchta bomba topildi. Snaryadlarni utilizatsiya qilish ishlari sabab 20 mingdan ortiq mahalliy aholi evakuatsiya qilinadi.
Shahar ma’muriyatining ma’lum qilishicha, bombalar topilgan joydan 1 kilometr radiusda joylashgan Doyts tumani hududidagi binolar aholisi va mehmonlari evakuatsiya qilinadi. Bombalarni chiqarib olish ishlari chorshanba kuni ertalab, mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlanadi.
Gap og‘irligi 1 va 2 tonnani tashkil etadigan Amerika bombalari haqida ketmoqda.
Evakuatsiya zonasida boshqa narsalar qatori temiryo‘l vokzali, shifoxona, ko‘rgazma markazi, RTL teleradiokompaniyasi, bir nechta maktab va bolalar bog‘chalari, mehmonxonalar, ma’muriy binolar joylashgan. Shahar hukumatining ta’kidlashicha, bu urush tugaganidan beri amalga oshirilgan eng katta evakuatsiyaga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Hongkongning markaziy qismida, metroning yangi yo‘nalishi qurilishi joyida Ikkinchi jahon urushi zamonlaridagi portlamay qolgan 450 kilogrammlik bomba topilgan edi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

13:27 / 09.08.2025
Germaniya Isroilga qurol eksportini qisman to‘xtatdi

08:54 / 08.08.2025
Madaniyat arboblari Mersdan Isroilga qurol yetkazmaslikni so‘radi

08:04 / 08.08.2025
Germaniya global yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha sa’y-harakatlarga chaqirildi

12:45 / 07.08.2025