Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Videodan kadr
Unda, Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi Bog‘dod tumani hududida to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, avtomashina salonida 8 turdagi 413 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, Bag‘dod tumanida joylashgan va mazkur fuqaroga tegishli bo‘lgan 2 ta ombor ko‘zdan kechirilganda, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan jami 60 turdagi 100 332 dona dori vositalari noqonuniy saqlanayotgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Farg‘ona shahrida joylashgan ombordan esa noqonuniy saqlanayotgan 39 turdagi 16 897 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, dastlabki umumiy qiymati jami 8 milliard 1 million 429 ming so‘mlik 117 642 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari vaqtincha saqlovga olindi.
Bu yo‘nalishdagi tadbirlar davom ettirilib, Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaroga tegishli 3 ta “yashirin” omborda Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan, umumiy qiymati 400 mln so‘mlik 15 turdagi kateter igna, jgut, elektron termometr, tonometr kabi jami 30 ming dona tibbiyot jihozlari saqlanayotganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
To‘tiqush Avstraliyaning birinchi raketasi parvoziga to‘sqinlik qildi
Jahon | 17:11
-
"Biznesni rivojlantirish banki" ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda
Jamiyat | 17:00
-
“Yarador bo‘lsam ham yordam ko‘rsatishmadi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit jazoga tortildi
Jahon | 16:58
Mavzuga oid

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti

13:36 / 03.05.2025