Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Italiya" sammitida ishtirok etadi
Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya bosh vaziri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 30 may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Italiya" formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.
Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya bosh vaziri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo "yashil" iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta’lim sohalarida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

17:53 / 02.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

20:31 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi

21:05 / 30.05.2025