Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
Davlat rahbariga ichimlik suvi va oqova tarmoqlarini kengaytirish borasidagi ishlar yuzasidan axborot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu yil 800 million dollarlik ishlarni bajarib, 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Suv ta’minoti tizimini raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilingan. Bu loyiha doirasida besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4 800 ta “aqlli” hisoblagich va qariyb 3 mingta telemetriya tizimi o‘rnatiladi.
Sohada xalqaro hamkorlik va xususiy sheriklik rivojlanib borayotganidan kelib chiqib, ushbu talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid

19:16 / 20.06.2025
Prezident Ko‘kdala tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi

11:05 / 20.06.2025
«Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin» - prezident Shahrisabzdagi agroturizm majmuasi haqida

10:56 / 20.06.2025