Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qildi
YeI rasmiylari Suriyaning 24 ta tuzilmasi jumladan, Markaziy bankini ham «qora ro‘yxat»dan chiqardi.

Foto: AP
Yevropa Ittifoqi Suriyaga nisbatan barcha iqtisodiy sanksiyalarini bekor qildi. Bu haqda YeI kengashi xabarida so‘z boradi. Yevropa rasmiylari shuningdek, Suriyaning 24 ta tuzilmasi jumladan, Markaziy bankini ham «qora ro‘yxat»dan chiqardi.
«Kengash Suriyaga nisbatan xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha iqtisodiy cheklov choralarini bekor qiluvchi huquqiy hujjatlarni qabul qildi. [Huquqiy hujjatlarning] qabul qilinishi 20 may kuni e’lon qilingan siyosiy qarorni rasmiylashtiradi hamda Suriya xalqini yangi, inklyuziv, plyuralistik va tinch mamlakatni birlashtirish va tiklash yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan», — deyiladi YeI kengashi bayonotida.
Shu bilan birga, Yevroittifoq rasmiylari Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad rejimiga aloqador shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalarni 2026 yil 1 iyunga qadar uzaytirdi.
23 may kuni AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qilgandi. Chet el aktivlarini nazorat qilish idorasi Suriya sanksiyalaridan amalda voz kechiladigan 25-sonli bosh litsenziyani berdi. Sanksiyalarni yumshatish «birinchi navbatda Amerika» strategiyasining bir qismi bo‘lib, prezident Donald Trampning 13 maydagi Suriyaga qarshi sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi e’loniga mos keladi.
G‘arb davlatlarining Suriyaga nisbatan sanksiyalari mamlakatni Bashar Asad boshqargan davrda joriy etilgan. 2024 yil dekabrda u hokimiyatdan ag‘darildi va Rossiyaga qochib ketdi. Hokimiyat tepasiga «Hay’at Tahrir ash-Shom» keldi. Ular Suriya demokratik davlatga aylantirilishini va’da qildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh elchixonasi: Ta’lim vizalariga talabgor o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari ochiq bo‘lishi kerak
Jahon | 15:04
-
TMK – O‘zbekistonni kritik minerallar global bozorida trendga chiqarmoqda
O‘zbekiston | 15:00
-
Yevropa bilan gaplashishni xohlamayotgan Eron, Putinning ajabtovur bayonotlari va Iordaniyaga kelgan F-22 eskadroni – kun dayjesti
Jahon | 14:58
-
Yaqin Sharqda urush olovi va Putinning bayonotlari - “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 14:47
Mavzuga oid

01:30
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV

22:42 / 20.06.2025
AQSh Eronning mudofaa sanoatiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

13:35 / 19.06.2025
Belarus demokratik kuchlari YeI qo‘mitasi bilan memorandum imzoladi

01:29 / 18.06.2025