O‘zbekiston | 14:20 / 28.05.2025
1216
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Singapur yarimo‘tkazgichlar sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi vakillarining Singapurda bo‘lib o‘tgan SEMICON Southeast Asia 2025 (SEA) xalqaro ko‘rgazmasida ishtiroki uyushtirildi.

Foto: "Dunyo" AA

Ko‘rgazmada uyushma vakillari jahon iqtisodiyotining eng ilg‘or sohalaridan biri bo‘lgan mikroelektronika hamda yarimo‘tkazgichlar sanoatida mavjud yangi texnologiyalar va ishlanmalar bilan tanishdilar.

Tadbir doirasida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi, Singapurning Yarimo‘tkazgichlar sanoati uyushmasi va Mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Xususan, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, innovatsion o‘quv dasturlari va texnologik yechimlar bo‘yicha tajriba almashinuvi kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi. 

Shuningdek, memorandum doirasidagi tashabbuslar O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichlar sanoatini rivojlantirish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Mavzuga oid