AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
Donald Tramp ma’muriyati AQSh elchixonalariga butun dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini belgilashni zudlik bilan to‘xtatishni buyurdi. Davlat departamenti barcha viza arizachilarining ijtimoiy tarmoqlarini tekshirish tartibini joriy qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: VnExpress
27 may kuni AQSh Davlat departamenti tomonidan yuborilgan maxfiy xabarda konsullik bo‘limlariga «talaba va almashinuv dasturi ishtirokchilari uchun (F, M va J vizalari) yangi viza suhbatlarini qo‘shishni vaqtincha to‘xtatish» ko‘rsatilgan. Bu to‘xtatish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar bir necha kun ichida berilishi aytilgan.
Bu haqda dastlab Politico nashri xabar berdi. Keyinroq The Guardian nashri ham o‘z manbalariga tayanib, ushbu xabarni tasdiqlagan.
«Bu ko‘rsatma viza jarayonlarining jiddiy kechikishiga va Tramp «chap qanot mafkurasini targ‘ib qiladi» deb ayblagan ko‘plab universitetlarga zarar yetkazishi mumkin. Bu oliy o‘quv yurtlari ko‘p hollarda xorijiy talabalardan tushadigan daromadga tayanadi».
Departament nazarda tutgan «far-left ideologies» tarafdorlari — bu universitetlarning Tramp ma’muriyatiga qarshi chiqadigan, tanqidiy va ijtimoiy-siyosiy faol pozitsiyalarini ifodalaydi. Shuningdek, Falastin tarafdori bo‘lgan hamda Isroil siyosatiga qarshi chiquvchi talabalar ham ushbu toifaga kiritilgan.
«Departament talaba va almashinuv dasturi ishtirokchilari uchun viza arizalarini ko‘rib chiqish va tekshirish bo‘yicha amaldagi amaliyot va jarayonlarni qayta ko‘rib chiqmoqda», – deyiladi The Guardian e’lon qilgan xabarnomada. Rasmiylar bunday arizachilar uchun «ijtimoiy tarmoqdagi faollikni kengaytirilgan tartibda tekshirish» bo‘yicha yo‘riqnomani e’lon qilmoqchi.
Bu qadam mavjud tekshiruv choralarini yanada kuchaytiradi. Mart oyidan boshlab, konsullik xodimlari Falastin tarafdori bo‘lgan hamda norozilik namoyishlarida ishtirok etgan talabalarning ijtimoiy tarmoqdagi faolligini tekshirishga majbur qilingan. The Guardian qo‘lga kiritgan hujjatlarga ko‘ra, ular «terroristik faoliyat yoki terroristik tashkilotlarga qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatganlik alomatlarini» izlashlari kerak bo‘lgan, bu esa Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlashni ham qamrab olgan. Hatto keyinchalik o‘chirilgan postlar bo‘lsa ham, «potensial salbiy» deb hisoblangan kontent skrinshotlari doimiy ravishda saqlanishi buyurilgan.
Yangi tizim esa faqat faoliyati shubha ostiga olinganlarga emas, barcha talabalar uchun ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvni joriy qiladi. Konsullik xodimlari Instagram, X, TikTok kabi platformalardagi postlar, ulashilgan kontent va izohlarni milliy xavfsizlikka tahdid deb baholashi mumkin bo‘lgan materiallar uchun ko‘rib chiqadi. Bu esa Tramp ma’muriyatining antisemitizmga qarshi kurashish siyosati bilan ham bog‘langan, deb yozadi nashr.
Senatorlar qarshisida so‘zga chiqqan Mark Rubio o‘z departamenti hozirgacha «minglab» vizalarni bekor qilganini, mart oyida bu raqam 300 dan ortiq bo‘lganini aytdi. «Aniq sonini bilmayman, lekin hali ko‘p ishlar bor», – dedi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda bir milliondan ortiq xorijiy talabalar mavjud bo‘lib, ular 2023–2024 yillarda 43,8 milliard dollardan ortiq iqtisodiy naf keltirgan, 378 mingdan ortiq ish o‘rnini ta’minlagan. AQShdagi nodavlat tashkilot – Xalqaro ta’lim beruvchilar uyushmasi (NAFSA)ga ko‘ra, viza berishning to‘xtatilishi esa allaqachon xalqaro talabalar oqimining pasayishidan aziyat chekayotgan oliy ta’lim muassasalarining muammolarini yanada chuqurlashtirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

23:06 / 02.06.2025
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi

21:50 / 02.06.2025
Pentagon rahbari Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi haqida muntazam ma’lumot olgan – OAV

21:44 / 01.06.2025
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

21:17 / 01.06.2025