Tramp Baydenning Ukraina jangovar harakatlariga qo‘ygan barcha cheklovlarini bekor qilmoqchi
Rossiyani «jazolash» va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning «keyingi bosqichlari» bo‘yicha qaror joriy hafta Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida qabul qilinadi.

Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina harbiy harakatlariga Jo Bayden tomonidan qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlash imkoniyatini «jiddiy ko‘rib chiqmoqda». Bu haqda Kyiv Post nashri G‘arbdagi ikki amaldorga tayanib xabar berdi.
Gap aynan qanday cheklovlar haqida ketayotganiga — masalan, qurol yetkazish yoki Rossiya hududiga zarbalar berish — xabarda aniqlik kiritilmagan.
«Oldin joriy etilgan barcha cheklovlar ayni vaqtda qayta ko‘rib chiqilmoqda. Chunki prezident Tramp hozirgi status-kvo Rossiyani muzokaralar stoliga jalb qilish bo‘yicha umumiy manfaatlarimizga javob bermaydi, deb hisoblamoqda», — deydi nashr suhbatdoshi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani «jazolash» va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning «keyingi bosqichlari» bo‘yicha qaror amerikalik amaldorlarning germaniyalik hamkasblari bilan joriy hafta Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida qabul qilinadi. AQShga yaqin kunlar ichida, xususan, Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful tashrif buyurishi kutilmoqda.
26 may kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘ning zarba berish masofasiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilganini aytdi. Kreml ushbu qarorni «xavfli» deb atadi.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp 1 iyungacha Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti Rossiya yetakchisi Vladimir Putin jangovar harakatlarni davom ettirayotganidan «hafsalasi pir bo‘lgan».
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

21:39 / 08.06.2025
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025