Jamiyat | 15:24 / 27.05.2025
1522
2 daqiqa o‘qiladi

Tabiiy parvarish yoki kosmetik muolajalar – O‘zbekistonda qaysi tendensiya ustunlik qilmoqda?

Tadqiqotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi filtrlar va fotomontaj dasturlari kosmetik muolajalarga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. 2024 yilda kosmetik muolajalarga bo‘lgan qiziqishning oshishi bilan birga tabiiylikka bo‘lgan intilish, ya’ni “Anti-Cosmetic Surgery” tendensiyasi paydo bo‘lib, odamlar tabiiy ko‘rinishni saqlab qolishga intilishmoqda.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Xo‘sh, O‘zbekistonda qaysi tendensiya ustunlik qiladi? Kun.uz shu savol bilan yurtdoshlarimizga murojaat qildi.

“Siz tabiiy go‘zallikni saqlash tarafdorimisiz yoki kosmetik muolajalar?” degan savolga turlicha qarashlar bo‘ldi. Ammo ko‘pchilik tabiiy parvarishni ma’qul ko‘rishini aytgan. Toshkentdagi Cosmetique.uz brendi do‘koni menejeri Nodiraxon Nabuxanova ham O‘zbekiston bozorida tabiiy va samarali go‘zallik mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib borayotganini ta’kidladi.

“Tabiiy ovqatlanish, tabiiy parvarishga ahamiyat berilyapti. Mijozlarimizning 60 foizi yana qaytib kelib xarid qilishadi. Chunki yuz parvarishiga ukollar yordamida tezda qilingan muolajalardan ko‘ra tabiiy usul bilan muolaja qilib ajinlardan, dog‘lardan saqlab qolish muhim. Bu sekin, ammo uzoq muddatli natijalarga olib boradi.

Koreya bilan iqlim sharoitimiz o‘xshashligi uchun ayollarimizning terisiga Koreya mahsulotlari mos keladi. Shuning uchun biz mijozlarimizga aynan shu mamlakat mahsulotlarini taqdim etamiz”, dedi u.

Cosmetique.uz — bu nafaqat go‘zallik mahsulotlari do‘koni, balki har bir inson uchun tabiiy parvarish madaniyatini yaratishga qaratilgan loyiha hamdir. Kompaniya Koreyaning eng ishonchli, sertifikatlangan kosmetika ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qiladi. Mahsulotlar tarkibidagi komponentlar sintetik qo‘shimchalarsiz, parabenlar va sulfatlardan xoli bo‘lib, har xil teri turlariga mos va gipoallergen hisoblanadi.